Davlat qabul komissiyasining 2-son yiğiliş bayoni bilan, test sinovlarida iştirok etiş uçun tölovni belgilangan muddatda amalga oşirmagan abituriyentlar 16 avgustga qadar tölov qilişlari mumkin böladi.
Davlat test markazi xabariga köra, abituriyentlar tomonidan Davlat komissiyasiga qilingan köplab murojaatlar tölovni amalga oşiriş borasida qöşimça imkoniyat berilişi uçun asos bölgan.
Eslatib ötamiz, röyxatga oliş yakunlari böyiça jami 1 484 085 nafar abituriyent röyxatdan ötgan. Bunda tölovni amalga oşirmagan abituriyentlar ham hisobga olingan.
Ma'lumot uçun, abituriyent sifatida röyxatdan ötgan talabgorlardan imtihonda qatnaşiş uçun BHMning yarim baravari miqdorida (111 500 söm) tölov qiliş talab etiladi. Maktab, kollej yoki litseyni şu yil tamomlagan abituriyentlar bundan mustasno.













