Rasmiy Moskva Lukaşenkoning prezidentlikdan ketiş ehtimoli bor, lekin, namoyişlarni qattiqqöllik bilan bostirilişi uning hokimiyatda qoliş muddatini biroz bölsa-da uzaytirişi mumkin, deb hisoblamoqda.
Hozirça Aleksandr Lukaşenko Belarusni tark etiş rejasi yöqligini aytyapti, ammo uning atrofidagi odamlar hokimiyatdan çetlatilgan taqdirda, Rossiyaga qoçiş imkoniyatini örganişmoqda, deb yozdi Bloomberg Moskvadagi 2ta manbasiga tayangan holda. Agentlik suhbatdoşlarining sözlariga köra, Belarus yetakçisining yaqinlari bu masala böyiça Kremldagi «tanişlardan qiziqib körişgan».
«Heç kim Lukaşenkoning kelajagiga işonç bilan qaramayapti. U qisqa muddatli istiqbolda namoyişlarni bostirişi mumkin, ammo bunda katta muammo kelib çiqadi», — dedi Rossiyaning taşqi va mudofaa siyosati kengaşi rahbari Fyodor Lukyanov.
Polittexnolog Gleb Pavlovskiy sözlariga köra, Putin Lukaşenkoga harbiy yordam berişni istamayapti, çunki bu Belarusda aksilrossiya kayfiyatini zörayişiga olib kelişi mumkin.
«Lukaşenko hozir Belarusni emas, faqat xavfsizlik kuçlarini nazorat qilmoqda, ammo ular unga sodiq qoladimi? Bu tuşunarsiz», — deb ta'kidladi u va «bu voqealar Putinga boş oğriği bölib turibdi», deb qöşimça qildi.
Bloomberg agentligining ta'kidlaşiça, avval Kreml Lukaşenkoning prezidentlik muddati uzayişiga işongan edi. Ammo Belarus tarixidagi eng yirik norozilik namoyişlarida politsiyaning qattiqqöllik bilan bostirişi vaziyatni özgartirdi.













