Ukrainaning «Ukrinform» agentligi xabar berişiça, bu haqda Boş prokuror ofisi matbuot kotibi Maryana Gayevskaya-Kovbasyuk ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, murojaat körib çiqilmoqda, ammo hozirça uning asosida heç qanday jinoyat işi rasman röyxatdan ötkazilmagan.

Reuters agentligining qayd etişiça, hozirça Lukaşenkoning Ukraina sudi oldida javobgar bölişi ehtimoli juda past. Biroq jinoyat işi oçilsa, u Kiyev va Belarus muxolifati uçun ğarb davlatlarini Minskka bosimni kuçaytirişga çaqirişda huquqiy asos sifatida xizmat qilişi mumkin.

Taşabbus Belarus muxolifati vakillaridan çiqqan. Xususan, asosçilaridan biri sobiq prezidentlikka nomzod Valeriy Tsepkalo bölgan Demokratik kuçlar forumi Zelenskiy ofisiga murojaat qilib, Lukaşenkoning Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarini qöllab-quvvatlaşi va Belarus hududidan Rossiya qöşinlari bosqin uçun foydalanişiga huquqiy baho berişni söragan.

Murojaat mualliflari Lukaşenkoga nisbatan agressiv uruş olib boriş, harbiy jinoyatlar, terrorizmni moliyalaştiriş, Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz qiliş, genotsid hamda uruş tarğiboti kabi moddalar böyiça jinoyat işi qözğatişni taklif etgan.

Belarus muxolifati tomonidan e’lon qilingan hujjatga köra, Zelenskiy ofisi murojaatni körib çiqib, uni huquqiy baho beriş uçun Ukraina Boş prokuroriga yuborgan. Hozirda prokuratura mazkur taklif yuzasidan qaror qabul qiliş jarayonini davom ettirmoqda.