https://ok.ru/videoembed/1637823285951
1-sektor hududiga borganimizda, tuman hokimi Nazirjon Örinboyev boşçiligida Uyğur mahallasidagi ehtiyojmand oilalarga yordam pullari tarqatilayotgan ekan. Sektor rahbari 52-maktabga töplangan muhtoj oilalar vakillari bilan suhbatlaşib, prezident taşabbusi asosida körsatilayotgan beğaraz yordamning ahamiyati, yordam pullarining beriliş tartibi haqida gapirib ötdi.




Şu kuni noçor oilalar holidan xabar olindi. Xususan, 4 farzandni voyaga yetkazayotgan Inomjon Yoqubov oilasiga 1 million 320 ming söm yordam pulidan taşqari un, yoğ va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Şuningdek, yana qator oilalar a'zolari sonidan kelib çiqib moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi.


Oftobaçek mahallasidagi ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam pullari sektor rahbari va bank xodimlari iştirokida tarqatildi, nogironlar va noçor oilalar holidan xabar olindi.
– Oftobaçek mahallasida yaşaymiz. Ikki nafar farzandim bor. Xöjayinim 2-guruh nogironi. Hozir hukumatimiz tomonidan 880 ming söm yordam puli berişdi. Minnatdormiz. Hamişa soğ bölişsin, – deydi Şarifaxon Yölçiboyeva.

Safarobod mahallasiga ham bordik. Bu paytda yordam pullarini öz egalariga topşiriş yakunlanayotgan ekan. Mahalla fuqarolar yiğini raisi Öğilxon Jabborovaning şu jarayon haqidagi fikrlariga quloq tutdik.
– Bugun Safarobod mahalla fuqarolar yiğinida «temir daftar»ga kiritilgan jami 51 nafar oilaning 179 nafar a'zosiga 220 ming sömdan mablağ tarqatildi. Bu 51 nafar oilaning içiga kam ta'minlangan, yakka-yolğiz, boquvçisini yöqotgan hamda nogironligi bor fuqarolar kiritilgan, – deydi mahalla raisi

Oltinköl tumani Mahalla va oila masalalari bölimi boşliği Xolmirza Isomiddinov bergan ma'lumotga köra, «temir daftar»ga kiritilgan 1516 xonadonda yaşovçi 5708 nafar fuqaroning har biriga 220 ming sömdan bir martalik yordam pullari berilişi közda tutilgan edi. Lekin jarayon davomida yana 839ta ehtiyojmand oila aniqlanib, ular ham «temir daftar»ga kiritildi.
Şunday qilib tuman böyiça jami 9519 fuqaroga qariyb 2 milliard 100 million söm miqdorida bir martalik yordam pullari tarqatilmoqda.

Baliqçi tumanida ham bu boradagi işlar batartib taşkil etilganiga guvoh böldik. Tumandagi 2143 ta oilada yaşovçi 7564 nafar fuqaroga 220 ming sömdan moddiy kömak berilmoqda.

– Işlab çiqilgan grafikka asosan, 15 avgust sanasiga uşbu moddiy yordamlarni töliq tarqatişimiz belgilangan. Şu kun holatiga tumanda istiqomat qilayotgan 1,5 mingta oilalardagi 5300 nafar fuqarolarga moddiy yordam mablağlari yetkazib berildi.

Uşbu moddiy yordam mablağlarini yetkazib beriş jarayoni sektor rahbarlari, deputatlar, mahalla faollari hamda içki işlar xodimlarining töliq nazoratida amalga oşirilmoqda. Sanitariya qoidalariga rioya qilgan holatda konvertda hamda dezinfeksiya qilingan pullar taqdim etilişi nazoratga olingan, – deydi Baliqçi tumani hokimligi iqtisodiyot hamda kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği Dilşodbek Hamdamov.

Mutasaddilar bilan Mallaçek mahallasidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj xonadonlarda pul tarqatiş jarayonini kuzatdik.
– Xöjayinim Töyçiyev Muzaffarjon 2-guruh nogironi. Oilada 5 kişimiz. Bugun 1 million 100 ming söm yordam puli berildi, mingdan-ming rahmat – deydi Mallaçek mahallasida yaşovçi Öktamxon Töyçiyeva.

Şerzodbek Sodiqov










