AOKAda bölib ötgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva fuqarolardan kelib tuşgan muhim savollarga javob berdi. Xususan, koronavirus öpkadan taşqari boşqa a'zolarni ham jarohatlaşi töğrisida ma'lumotlar taqdim etildi.
«Kasallik keçişidan kelib çiqib, ya'ni yengil, örta, örta-oğir, oğir va öta-oğir darajalarda koronavirus inson organizmida nafaqat öpka va nafas a'zolarini, balki oşqozon içak tizimi, yurak-qon tomir tizimi va ma'lum darajada buyraklar hamda boş miyani jarohatlaşi mumkinligi keltirilgan. Şu bilan birga, endokrin tizimida ham özgarişlar kuzatilayotgani namoyon bölmoqda», dedi Sevara Ubaydullayeva.
Tadbirda koronavirus bilan kasallangan kişi bilan aloqada bölgaç, nima qiliş kerakligi haqida ham ma'lumot berildi.
«Agar siz kasallangan odam bilan aloqada bölganingizdan şubhalansangiz, eng avvalo atrofdagilar va oila a'zolaringizdan izolyatsiyalanişingiz va oilaviy poliklinika şifokoriga murojaat qilişingiz kerak. Şifokor telefon orqali sizga barça karantin qoidalarini tuşuntiradi. Karantin qoidalariga qat'iy rioya qilişingiz juda muhim, çunki şaxsiy gigiyena kasallikni yengil darajada ötişiga yordam beradi.
Tibbiyot xodimi har kuni sizga qönğiroq qilib salomatligingizdan xabardor böladi va biror şamollaş alomatlari paydo bölsa uyingizga mobil brigadani jönatadi», dedi ştab a'zosi savolga javoban.
Bundan taşqari, koronavirus bilan kasallanib tuzalgan odamlar bilan muloqotda böliş xavfli emasligi aytildi.
«Koronavirus bilan kasallangan şaxslarda virusga qarşi antitanaçalar işlab çiqiladi, unda Immunnoglobulin G ’ning yuqori körsatkiçlari aniqlanadi, bunday davrda bu insonlar boşqalarga xavfsiz böladilar va koronavirusni yuqtirmaydilar.
Ba'zi insonlar kasallik yengil va simptomlarsiz keçişida özlarini yaxşi his qilişlari bilan, alohidalaniş tartibiga rioya qilmayaptilar va köçaga çiqib boşqalar bilan muloqot qilmoqdalar.
Bunday holatlarda organizm xali töliq antitanaçalarni işlab çiqib ulgurmagani bois, kasallangan bemorlar bilan muloqot natijasida qöşimça ravişda virus organizmga kirişi kasallikni uzayişi, ya'ni çözilişini keltirib çiqarmoqda», dedi Ubaydullayeva.












