«Hurmatli Kun.uz tahririyati!

Sizlarga bugungi kunda köpçilikni öylantirayotgan bir masala haqida yozişga jazm qildim. Ma'lumki 15 avgustdan boşlab karantin çeklovlari uzoq kutişlardan söng yumşatila boşlandi va yana 30 kişilik töylarga ruxsat berildi. Xalqimiz mehmondöst, töyni yaxşi köradi.

Karantinning salbiy jihatlari haqida köp gapiriladi. Lekin uning ikkita ijobiy tomoni ham böldi – biri gigiyenaga rioya qilişni örgangan bölsak, ikkinçisi töylardagi isrofgarçiliklarni jilovlaşga odatlana boşladik.

Ammo şu örinda bir andişali holat kuzatilmoqda. Kamçiqim, samimiy ötayotgan bunday töylarimizda ğalati vaziyat yuzaga kelyapti. Özbekning qarindoş-uruği köp, lekin vaziyatdan kelib çiqib eng yaqinlari töyga taklif qilinadi. Zero bu haqda karantin böyiça maxsus talablarda ham alohida körsatilgan.

Biroq bu vaziyatni köpçilik yoşlar, xususan kuyovjöralar va kelinning dugonalari tuşunişmayapti. Töy boşlanişi hamon hammalari harakatga tuşib qolişadi, kelin-kuyov ham özlarining örtoqlarini taklif qilişga tuşib ketişadi va juda köpçilikni töplab olişadi. Oddiy arifmetikaga amal qilaylik – oldingi töylar örtaça 400-500 kişilik bölardi, hozir esa 30 kişilik. Demak mehmonlar soni örta hisobda 15 marta kamaymoqda. Lekin oldin 30-40 kişi qatnaşgan yoşlar soni şunga mutanosib ravişda kamaydimi?

Hamon kamida 15-20 nafar yoşlar mehmon bölib kelişyapti. Albatta, töyga yoşlar kelişi kerak, bunga şubha yöq. Lekin ota-onalarning ham öziga yaraşa eng yaqin qarindoşlari, aka-uka, opa-singillari, yoşi keksa ota-onalari, amma-xolalari bor.

Qiziği, ular özlarini töy egalari hisoblab ötirişga şoşilmay turgan paytlarida yoşlar hamma joyni egallab olişyapti. Ularni taklif etmaslikni ham, turğazib yuborişni ham bilmaysan kişi. Yoşi kattalar esa tik turib qolişyapti yoki eşik yonidan qaytib ketişyapti. Ahvol şu darajaga bordiki, kuyov va otasi orasida töyning örtasida ziddiyat tuğilyapti.

Axir bu borada jiddiy tuşuntiriş kerak emasmi? Yoşlar ittifoqi, Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vazirligi, umuman, farzandi töyga otlangan ota-onalar bu masalani yaxşilab öylab köriş kerak bölgan payt keldi şekilli.

Hammani töylarga yetkazsin», – deyiladi maktubda.

Çindan ham öylab körsa, yaxşilab muhokama qilsa arziydigan masala. Çunki katta ehtimol bilan endi çeklovlardagi töylar hali uzoq davom etadi. Hattoki 30 kişilik çeklovni doimiy qiliş haqida ham takliflar bildirilmoqda. Şunday ekan, bu borada ma'lum tartibga tuşib oliş foydadan xoli bölmaydi.