Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza çökayotgan ikki qizni qutqarib qoldi. Bu haqda 20minutos portali xabar berdi.
Voqea 15 avgust kuni Algarvedagi plyajda yuz bergan. 71 yoşli prezident hordiq olayotganda kanoeda suzayotgan ikki qizning tönkarilib ketib, çökayotganini körgan.
De Souzaning ta'kidlaşiça, u darhol qizlarga yordamga oşiqqan. Birozdan keyin voqea joyiga gidrosiklda qutqaruvçi yetib kelgan.
Portulagiya prezidentining ma'lum qilişiça, qizlarni kuçli oqim boşqa plyajdan olib kelgan. Kanoeda bölgan qizlar tönkarilib ketib, oğizlariga suv ketib qolgan. Şu sababli ular toyib, qayiqni na öz holiga qaytara olişgan, na unga çiqa olişgan.












