Futbol böyiça jahon çempionatida 23 iyun kuni K guruhining 2-tur öyini ötkazildi.
Özbekiston milliy jamoasi Hyuston şahrida Portugaliya bilan öynadi va yirik hisobda yutqazdi.
6-daqiqada Kriştianu Ronaldu himoyaçilar xatosidan unumli foydalanib, Özbekiston milliy jamoasi darvozasini işğol qildi. 17 daqiqada Nunu Mendeş jarima zarbasini aniq ijro qilib, jamoasining ikkinçi golini urdi.
29-daqiqada Aziz Ğaniyev uzoq masofadan kuçli zarba yöllab, hisobni qisqartirdi. Biroq, unga töp kelib tuşişidan oldin Abbos Fayzullayev qoida buzgani tufayli, boş hakam VAR tekşiruvidan söng golni bekor qildi.
39 daqiqada Kriştianu Ronaldu darvozabon bilan deyarli yuzma-yuz çiqib, hisobni yirik körinişga keltirdi.
Ikkinçi bölimda vaziyat özgarmadi. Portugaliya katta ustunlik bilan hujum qildi. 60 daqiqada burçak zarbasidan keyin Abduvohid Ne’matov töpni öz darvozasiga yöllab qöydi. 87-daqiqada Leao jamoasining beşinçi golini urdi.
Bu natijadan söng Portugaliya 4 oçko jamğardi, Özbekiston hisobida oçko yöq. Milliy jamoa guruhdagi sönggi öyinni 28 iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarşi ötkazadi.
JÇ-2026, K guruhi, 3-tur
Hyuston (AQŞ), 23 iyun
PORTUGALIYa – ÖZBeKISTON 5:0
Gollar: Kriştianu Ronaldu (6, 39), Nunu Mendeş (17), Abduvohid Ne’matov (60 avtogol), Rafael Leao (87)
PORTUGALIYa: Diogu Koşta, Ruben Diaş, Kriştianu Ronaldu, Brunu Fernandeş, Joau Feliş (Fransişku Trinkau, 63), Renatu Veyga, Joau Neveş (Bernardu Silva, 76), Pedru Netu (Fransişku Konseysau, 46), Joau Kanselu (Mateuş Nuneş, 46), Vitinya (Rafael Leao 83), Nunu Mendeş.
ÖZBeKISTON: Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Rustam Aşurmatov, Otabek Şukurov, Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 46), Şerzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov, 46), Eldor Şomurodov, Abdulla Abdullayev, Aziz Ğaniyev, Abbosbek Fayzullayev (Igor Sergeyev, 73), Behruz Karimov.
Ogohlantirişlar: Odil Hamrobekov (14), Renatu Veyga (68)








