Mundialning ikkinçi turiga kelib, afsuski, biz qörqqan voqea sodir böldi. Özbekiston Portugaliya bilan öyinda bardoş berolmadi, Ronaldu va şeriklari beşta gol urib, bizni yirik hisobda mağlub etişdi. Lekin tongda qadrdonimiz Kolumbiya Kongoni ham yengib, bizga yana bir imkon berdi.

Juda kuçli raqib

Portugaliya bilan birinçi turda öynaganimizda, bunaqa yirik hisobda yengilmasdik deb öylayman. Çunki Ronaldu jamoasi birinçi turga qanday çoğlaniş bilan tuşganini kördingiz. Kongo bilan durangdan keyin ular manziliga tanqidlar yoğildi, yetmaganiga jamoa içidagi intrigalar haqida miş-mişlar tarqalib, portugallarni ruhlantirib yubordi.

Musobaqaga asosiy favoritlardan biri sifatida kelgan jamoa birinçi turdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin hammaga zör ekanini isbotlaş uçun alam bilan maydonga tuşdi. Va tiş-tirnoğigaça qurollangan harbiylarga töla tank oldidan biz çiqib qoldik. Boşqa jamoa bölsa ham, bardoş berolmasdi, işonavering. Çunki raqibda çoğlaniş juda kuçli edi.

Portugaliyaning öyinlarini uzoq yillardan beri betaraf muxlis sifatida körib, zavqlanardik, lekin keça bu jamoa kuçini yaqindan kördik. Özbekistonning öyinini boşqaça diqqat bilan tomoşa qilamiz axir. Raqibning barça çiziqlari kuçli ekanini öz tanamizda his qildik. Brunu Fernandeş degan dunyo futbolining eng zör pleymeykeri birgina uzatma bilan 41 yoşli hujumçini yakkama-yakka vaziyatga olib çiqişini ham kördik.

Raqib bizga qarşi öyinga şunaqa zör tayyorlangan ekanki, öz uslubida öynaş kamlik qiladi deb öylab, standartlarga ham jiddiy e’tibor qaratdi. Ikkinçi golda hamma Ronaldu tepişini kutdi, lekin Mendeş gol urdi. Aslida u himoyaçi bölsa ham, zarbasi juda zör, standartlarni yaxşi amalga oşiradi. Internetda Nunu tepgan penaltilarni körib çiqing, menimça, xato qilganini topolmaysiz.

Törtinçi golni portugallar maşğulotlarda tayyorlangan burçak zarbasidan keyin urişdi. Raqibini kuçsiz demay, standartlarga ham alohida tayyorlangan jamoa, şubhasiz, ğalabaga munosibdir. Tan olaylik, Portugaliya dunyoning eng kuçli jamoalaridan biri ekanini isbotladi.