Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayaning ştabi prezident Aleksandr Lukaşenkoning iste'fosiga erişiş uçun umumiy iş taşlaş zarurligini bildirdi.

"Biz barça mehnat jamoalarini Aleksandr Lukaşenkoning iste'fosini talab qilib muddatsiz iş taşlaşga qöşilişga çaqiramiz", - deyiladi ştab bayonotida.

Bayonotda qayd etilişiça, Tixanovskaya tarafdorlari qonuniy va zöravonlik işlatmasdan saylov natijalari bekor qilinişiga erişmoqçi. 

Avvalroq Svetlana Tixanovskaya mamlakat fuqarolariga yangi videomurojaat yöllab, millat yetakçisi bölişga tayyorligini e'lon qilgandi.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, 9 avgust kuni ötkazilgan saylovda Svetlana Tixanovskaya 10 foizdan ortiq, amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenko esa 80 foizdan ortiq ovoz töpladi. Saylov natijalari e'lon qilingaç, mamlakatda norozilik namoyişlari avj oldi. Tixanovskaya esa Belarusni tark etişga majbur bölib, Litvaga ketdi.