Gap sayyoramiz magnit maydoni kuçsiz bölgan hudud haqida borib, u yuqorida tilga olingan hududlar ustida tobora kengayib bormoqda.
“Yerning magnit maydoni sayyoramiz atrofidagi qalqon vazifasini bajarib, zaryadlangan quyoş zarralarini qaytaradi va uşlab qoladi. Biroq Janubiy Amerika va Atlantika okeanining janubiy qismida Janubi-Atlantika anomaliyasi yoki SAA deb ataluvçi ğayritabiiy kuçsiz magnit maydoni mavjud”, deyilgan NASA’da.
Magnit maydonida hosil bölgan uşbu ulkan anomaliya “tuynuk” kabi bölib, sayyoramizga quyoş zarralarini ötkazib yuboradi. Buning natijasida esa kompyuterlar işdan çiqadi, sun'iy yöldoşlardan ma'lumotlar olişda muammolarlar paydo böladi. Aynan şu sabablarga köra olimlar uşbu anomaliya ortidan kuzatuv olib borişmoqda va uni örganişmoqda.
Hozirça SAA odamlarning kundalik turmuş tarziga sezilarli ta'sir körsatmayapti. Biroq yaqinda olib borilgan kuzatuvlar va prognozlar anomaliya ğarb tomon kengayayotgani va uşbu hududda magnit maydoni kuçsizlanib borayotganini körsatmoqda. Şuningdek, anomaliya ikki qismga bölinayotgani ta'kidlanmoqda, bu ham sun'iy yöldoşlar uçun qöşimça muammolar yuzaga keltiradi.
Olimlarning fikriça, bunday anomaliya Yer öqi qiyaligi va sayyoraning taşqi yadrosi içida suyuq holdagi metallar harakatlanişi oqibatida yuzaga kelgan.












