Qaror loyihasi Prezidentning 8.06.2020 yildagi «Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4742-son Farmoniga muvofiq tayyorlangan.
Norma’ning yozişiça, nizom özini özi band qilgan şaxslarni davlat soliq xizmati organlarida röyxatga oliş tartibini belgilaydi hamda amal qilişi mehnat maqomi Özbekistonning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandçilik faoliyati sub'yektlari va dehqon xöjaliklari a'zolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Özini özi band qilgan şaxslar töğrisida ma'lumotlar bazasi (registr) mehnat organlari tomonidan yaratiladi va parallel ravişda Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) şakllantiriladigan jismoniy şaxsning şaxsiy işga joylaşişi tarixiga integratsiya qilinadi.
Özini özi band qilgan şaxslar öz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanişga hamda tadbirkorlik sub'yektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oşirişga haqli emas.
Özini özi band qilgan şaxslar tomonidan mehnat faoliyati doimiy yaşaş manzilida yoki işlar (xizmatlar) buyurtmaçilariga tegişli joylarda amalga oşiriladi. Dehqon bozorlaridagi savdo rastalari va pavilonlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylar bundan mustasno.
Özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatga olingan fuqaro Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobiga işsizga tölanadigan işsizlik böyiça nafaqani hamda kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş davrida stipendiyani ololmaydi.
Özini özi band qiliş tartibida mehnat faoliyatini amalga oşiriş natijasida olingan daromadlarga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tatbiq etilmaydi. Bunda özini özi band qilgan şaxslarning mehnat faoliyatidan taşqari olingan daromadlari Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Özini özi band qilgan şaxs maxsus mobil ilova yoki soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali röyxatdan ötadi, bunda özini özi band qilgan şaxs tomonidan sörovnoma töldiriladi.
Sörovnomada quyidagi ma'lumotlar körsatiladi:
- özini özi band qilgan jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (JŞŞIR), röyxatdan ötkaziş elektron raqamli imzo orqali amalga oşirilgan holatlar bundan mustasno;
- uşbu Nizomga ilovaga muvofiq amalga oşiriladigan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari;
- özini özi band qiliş tartibida mehnat faoliyatini yuritişning möljallanayotgan manzili;
- özini özi band qilgan şaxsning mobil telefoni va u bilan boğlaniş mumkin bölgan boşqa ma'lumotlar;
- özini özi band qilgan jismoniy şaxsning F.I.O., pasport ma'lumotlari, yaşaş manzili töğrisidagi ma'lumotlar DSQ va IIVning ma'lumotlar bazasida mavjud ma'lumotlar asosida avtomatik tarzda şakllanadi.
Özini özi band qilgan şaxslar doimiy yaşaş joyidan qat'i nazar, ular mehnat faoliyatini amalga oşiradigan hudud böyiça soliq organlarida hisobga qöyiladi. Ularga maxsus mobil ilova yoki şaxsiy kabinet orqali soliq organlarida hisobga qöyilganligi töğrisida matritsali ştrix-kodga (QR-kod) ega bölgan ma'lumotnoma yuboriladi. Uşbu ma'lumotnoma çeklanmagan muddatga beriladi.
Özini özi band qilgan şaxslar tomonidan ijtimoiy soliq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda tölanadi. Uşbu summa töliqligiça budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga ötkaziladi va undan kelib çiqqan holda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi.
Şuningdek Nizom loyihasida quyidagilar qayd etilgan:
- özini özi band qilgan şaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oşirişning öziga xos xususiyatlari;
- özini özi band qilgan şaxslar va ularning mahsulotlaridan (xizmatlaridan) foydalanuvçilar örtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar;
- özini özi band qilgan şaxslarni öqitişni taşkil etiş.
Nizomga ilovada özini özi band qiladigan şaxslar uçun faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxati keltirilgan. Amaldagi röyxatga soliştiriladigan bölsa, unga yana bir faoliyat turi – «Nomoddiy madaniy meros obektlarini (dorbozlar, askiya va lapar) asraş va ulardan foydalaniş faoliyati» kiritilgan.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.











