«Niqoblar infeksiya yuqişidan 100 foiz himoyalay olmaydi. Biroq koronavirus infeksiyasi taşuvçisi niqobdan foydalanganida, uning virusni boşqa odamga yuqtiriş ehtimoli bir neça martaga kamayadi. Şuning uçun niqoblar mabodo siz simptomsiz, koronavirus infeksiyasining taşuvçisi bölsangiz hamda özingiz bundan bexabar bölsangiz, virusni boşqalarga yuqtiriş ehtimolini keskin kamaytiriş uçun kerak.
Avvalo, ta'kidlaş lozimki, ba'zi davlatlarda niqob taqiş butunlay bekor qilingani yöq. Transportda, bozorlar, dökonlar va boşqa aholi töplanadigan joylarda niqob taqiş talabi saqlanib qolgan, faqatgina köçada yurganda ijtimoiy masofa saqlagan holda niqobsiz yuriş mumkin.
Har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan özining tartibini belgilaydi va amalga oşiradi. Bizda epidemiologik vaziyat barqarorlaşmagunça niqob taqiş şart», dedi Barno Abdusamatova AOKAda bölib ötgan brifingda.
Murojaatlardan birida fuqaro virusli pnevmoniya bilan kasallangani, şifoxonadan çiqib ketayotganida ham öpkasida özgariş bölgani, 6 kundan keyin MSKTga tuşgani, hali ham özgariş borligini aytib, kasallikdan keyin öpka qançada tiklanişi haqida söragan.
«Köplab bemorlarda şunday holat kuzatilyaptiki, statsionarda davolanib çiqqandan atigi 1 hafta ötgaç, darrov öpkani rentgen yoki MSKT qildirişyapti. Tekşiruvdan ötgaç, özgariş bölmagani haqida şikoyat qilib şifokorga murojaat kelişyapti. Aslida, pnevmoniya ilk aniqlangan davrda öpkada jarayon qanday keçayotganini biliş uçun MSKT yoki rentgen tekşiruvidan ötiladi. Şundan söng 25-30 kundan keyingina bu tekşiruvlardan yana ötiş mumkin. Şunda öpkada asorat qolgani yoki qolmaganini biliş mumkin böladi.
Rentgen yoki MSKT tekşiruviga faqat şifokor tavsiyasi asosida tuşişingiz lozim. Tez-tez rentgen yoki MSKT tekşiruvidan ötiş soğliqqa ham zarar hisoblanadi.
Şu sababli kasallikdan söng organizm özini tiklaşiga vaqt beriş kerak. Dispanserizatsiya davomida kerak bölsa, şifokor özi sizga rentgen yoki MSKT tekşiruvidan ötişni tavsiya etadi», dedi ştab a'zosi.












