DXX Toşkent viloyati boşqarmasi va viloyat IIBB tomonidan Yangiyöl şahri va tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda «Jihodçilar» oqimining bir neçta a'zolaridan iborat guruh faoliyatiga çek qöyildi.

Ma'lumotlarga köra, mazkur guruhni taşkil qilgan 4 nafar şaxslar Suriyadagi terroristik taşkilot a'zolari safiga borib qöşilgan xolda jangovar harakatlarda iştirok etgan.

IIBB axborot xizmati xabariga köra, ular öz navbatida Yangiyöl şahar va tumanida yaşovçi yaqin tanişlarini ham şu yölga da'vat qilgan holda, Suriya davlatidagi «Tavxid va Jihod katibasi» xalqaro terroristik taşkiloti safiga borib qöşilişni rejalaştirişgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.