Hisob palatasi tomonidan Maktabgaça ta'lim vazirligi tizimidagi taşkilotlarni 2018-2019 yillardagi budjet va budjetdan taşqari mablağlardan foydalaniş samaradorligi hamda 2020 yilgi xarajatlarini maqbullaştiriş imkoniyatlari yuzasidan vazirlikning Içki audit va moliyaviy nazorat xizmati bilan hamkorlikda örganiş ötkazildi.
Palata xabariga köra, örganiş natijasida Maktabgaça ta'lim vazirligi tizimi taşkilotlari tomonidan jami 48,3 mlrd. sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilganligi ma'lum böldi.
Jumladan, tizimda xizmat körsatuvçi xodimlarning oylik iş haqi uçun ajratilgan mablağlarning 7,2 mlrd. sömi quyi böğinlardagi ayrim mansabdorlar tomonidan yöl qöyilgan noqonuniy özlaştiriş, ortiqça tölovlar va öğirlik natijasida talon-toroj qilingan.
Soxta taomnomalar tuzib, haqiqatda sarflanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarajatga çiqariş va kamomadlarga yöl qöyiş orqali 3,6 mlrd. sömlik mablağ noqonuniy özlaştirilgan.
Sariyoğ sifatida 2,2 mlrd. sömlik iste'molga yaroqsiz “Spred” (ösimlik moyi va sut yoğining aralaşmasi) va yoğlilik darajasi me'yordan past bölgan “sariyoğ” mahsulotlari, 10,1 mlrd. sömlik veterinariya nazoratidan ötkazilmagan 309,4 tonna göşt mahsulotlari xarid qilinib, tarbiyalanuvçilarni ovqatlanişi uçun sarflangan.
Tarbiyalanuvçilar sonini yaşiriş, ota-onalar tölovlarini kassaga kirim qilmaslik orqali 497,7 mln. söm mablağlar noqonuniy özlaştirilgan.
Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini çetlab ötib, “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonun talablariga zid ravişda 253 ta holatda 11,3 mlrd. sömlik şartnomalar tuzilgan.
Bundan taşqari, xarid qoidalarini buzgan holda qimmat narxlarda hamda standartga javob bermaydigan 8,8 mlrd. sömlik tovar-moddiy boyliklar xarid qilingan.
Tizimda amalga oşirilgan örganiş natijasi böyiça aniqlangan holatlarni bartaraf etiş va ularni kelgusida takrorlamaslik yuzasidan Hisob palatasi tomonidan 26 ta yönaliş böyiça 75 ta takliflar işlab çiqildi, tizim taşkilotlariga tegişli körsatmalar berildi.
Uşbu takliflar asosida Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yöl xaritasi işlab çiqilişi belgilandi.
Amaldagi 16 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlarga özgartirişlar kiritiş, moliyaviy va uslubiy yönalişlarni özida mujassamlaydigan axborot tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar berildi, deyiladi palata xabarida.












