Farmonga köra, 2027 yildan Hisob palatasining davlat taşqi auditi faoliyatida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.
Jumladan, davlat organlari va taşkilotlarida qöllanayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining samaradorligini baholaş uçun maxsus audit tizimi yölga qöyiladi.
Şuningdek, Hisob palatasi söroviga taqdim etilgan hujjatlar, elektron hujjat almaşinuvi tizimi va axborot platformalariga masofaviy ulaniş orqali taşqi audit ötkaziş amaliyoti joriy etiladi.
Farmonga asosan, xavf-xatarlar tahliliga tayangan holda davlat organlari va taşkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yönalişlarida axborot texnologiyalari auditi ham amalga oşiriladi.
Hisob palatasi mazkur yönalişlarda axborot texnologiyalari auditini ötkaziş böyiça vakolatli organ etib belgilanadi.
Şuningdek, 2028 yil 1 sentabrdan boşlab muvofiqlik auditini sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oşiriş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.








