Özbekiston prezidentining farmoni bilan Alişer Bahodiroviç Samadov Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Şu munosabat bilan u Özbekiston Prezidenti administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti boşliği lavozimidan ozod etildi.

Samadov Prezident administratsiyasi tizimida huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil yönalişida bir qator masʼul lavozimlarda işlagan.

Xususan, 2025-yil iyuliga qadar u Özbekiston prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2025-yil 14-iyulda prezidentning tegişli farmoni bilan Samadov Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti rahbari etib tayinlangan va prezident maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod qilingan.

Hisob palatasi raisi lavozimi vakant edi

Hisob palatasining rasmiy saytidagi rahbariyat haqidagi maʼlumotlarda rais lavozimi «vakant» deb körsatilgan. Palata raisining birinçi örinbosari lavozimida Mehriddin Abdullayev faoliyat yuritib kelmoqda. 2026-yil 27-avgustda Hisob palatasida Ozarboyjon Hisob palatasi delegatsiyasi bilan ötkazilgan rasmiy uçraşuvda ham Özbekiston tomonidan raisning birinçi örinbosari Mehriddin Abdullayev iştirok etgan.

Hisob palatasi nima bilan şuğullanadi?

«Özbekiston Hisob palatasi töğrisida»gi qonunga muvofiq, Hisob palatasi davlat taşqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organi hisoblanadi. U bevosita Özbekiston prezidentiga böysunadi hamda prezident va Oliy Majlis palatalariga hisobdor.

Palata, jumladan, Davlat byudjeti loyihasining şakllantirilişi va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş ustuvorliklariga muvofiqligini tizimli tahlil qiladi, byudjet va davlat maqsadli jamğarmalari byudjetlarining ijrosi yuzasidan taşqi audit va nazorat vazifalarini amalga oşiradi.

Qonunga köra, Hisob palatasi raisi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Prezidentning palata raisini tayinlaş yoki ozod qiliş haqidagi farmoni Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanişi lozim.