Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyişlari bilan Prezident administratsiyasi hamda Hisob palatasida tayinlovlar amalga oşirildi.
Uluğbek Mirkamaloviç Aripov Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati şöʼba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Jamşid Jaxongiroviç Mirzayev Hisob palatasi raisining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sardor Alişeroviç Mirzayev Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati şöʼba mudiri lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Hisob palatasi raisining örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Atabek Valijanoviç Allaberganov boşqa işga ötişi munosabati bilan Hisob palatasi raisining örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq prezident farmoni bilan Alişer Bahodiroviç Samadov Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlangandi.








