Epidemiolog Rustam Ikromovning sözlariga köra, gripp va pnevmoniyaga qarşi emlaş böyiça işlab çiqilgan çora-tadbirlar dasturi – hozirça reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.

«Hujjatda vaksinalarni çetdan olib keliş va joylarda emlaş punktlarini taşkil etiş işlari közda tutilgan. Agar dastur kuçga kirsa, bu işlarni sentyabrdan boşlaş rejalaştirilgan», – dedi mutaxassis.

Ma'lum qilinişiça, 2019 yilda 21 mingdan ortiq kişiga grippga qarşi vaksinalar bepul, davlat budjeti hisobidan yetkazib berilgan, şuning hisobiga «Muruvvat» va «Saxovat» uylarida yaşovçilar, mehribonlik va gödaklar uylarining tarbiyalanuvçilari emlangan.

«Joriy 2020 yilda ham şu toifadagi aholiga vaksinalar davlat tomonidan yetkazib berilişi közda tutilgan. Boşqa aholi vakillari öz hisobidan, taşkilot xodimlari öşa idora mablağlaridan xususiy emlaş markazlari orqali vaksina olişlari mumkin», – dedi epidemiolog Rustam Ikromov.