2020 yilning 5 avgust kuni soat 14:30da IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Tadbir davomida Kitob tumani Şatri qişloğida yaşovçi 38 yoşli Ya.H.ning yaşaş uyi közdan keçirilganda, hovlisida uç tup yaşil rangli, öziga xos hidli ösimliklari ekib parvarişlab kelayotganligi aniqlanib, uşbu holat xolislar iştirokida örnatilgan tartibda rasmiylaştirilgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida Ya.H.ning hovlisidan olingan balandligi 250 sm.dan 280 sm.gaça bölgan, poyasining qalinligi 24,0 mm.dan 41,0 mm.gaça bölgan, uç tup nam holdagi (quritilmagan) ösimliklar “kannabis” ösimligi ekanligi, ularning jami sof oğirligi 4500,0 gramm ekanligi körsatilgan.

Holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












