https://player.vimeo.com/video/450470031?title=0&byline=0&portrait=0

Bu qaror abituriyentlar orasida bir neçta sabablarga köra norozilik keltirib çiqargan edi. Avvalo, sertifikat uçun onlayn topşiriladigan imtihonning şaffof va adolatli ötişini ta’minlaş imkonsiz.

Qolaversa, onlayn hujjatlar qabuli vaqtida imtiyoz oliş uçun IELTS Indicator'ni yuklamaslik söralgan. Endilikda bunday sertifikati böla turib qoidalarga rioya etganlar imtiyozsiz qolib, belgilangan tartibni buzib bu sertifikatni körsatganlarga imtiyoz berilmoqda.

DTM direktori örinbosari bunga munosabat bildirar ekan, yangilik Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan joriy etilganiga e’tibor qaratdi.

«Biz [IELTS Indicator sertifikati qabul qilinmasligi haqida] oldin köp marotaba aytib ötgandik – Vazirlar Mahkamasining 395-sonli qarorida IELTS Indicator körsatilmagan. Köp abituriyentlar tomonidan şu böyiça savol bölyapti: «Ötmaydi, degan edinglar», deya e’tirozlar bölyapti.

Ha, [ötmaydi deganimizga sabab] – Vazirlar Mahkamasi qarorida IELTS Indicator töğrisida körsatilmagan, bu qaror qabul qilingan paytda – bir yil oldin IELTS Indicator özi ham yöq edi. Lekin Davlat komissiyasining [joriy yil avgustdagi] 2-son bayoniga köra, abituriyentlarga qöşimça şaroit yaratib beriş maqsadida, IELTS Indicator'ni tan oliş masalasi ham belgilab berilgan.

Abituriyent röyxatdan ötiş davrida IELTS Indicator'ini yuklagan bölsa, hozirgi kunda uni inobatga oliş böyiça işlar olib borilyapti», – dedi Sardor Rajabov.

U sertifikat uçun uyda onlayn topşiriladigan imtihonning şaffofligi masalasiga ham töxtaldi.

«Hozirda nafaqat IELTS Indicator, balki TOEFL iBT ham onlayn test ötkaziş tizimini yölga qöygan. Biz Britaniya kengaşi, Kembrij assesment kabi taşkilotlar bilan doimiy aloqada bölib turamiz. Ular bilan gaplaşganimizda: «Onlayn imtihon jarayonida sun’iy intellektdan foydalaniladi, ya’ni kamera orqali nazorat qilinadi, boşqa odam bölsa, ötirganda öng-çapga qarasa, közini olib qoçsa, test avtomatik tarzda töxtatib qöyiladi», deb bizga xabar berişgan», – dedi Sardor Rajabov.

Ma’lumot uçun, IELTS Indicator – ingliz tilida öqiş, yoziş, tinglaş va gapiriş könikmasini baholovçi test tizimi bölib, u pandemiya davrida bölajak talabalarni qöllab-quvvatlaş uçun onlayn şaklda taşkillaştirilgan.

DTM e’lon qilgan statistikaga köra, joriy yil 8 660 ta hujjat çet tili sertifikati dasturga kiritilgan va ulardan 8 079 tasi tasdiğini topgan. 581 ta sertifikat esa talabga javob bermasligi aniqlangan – endilikda şular orasidan IELTS Indicator sertifikatlari ajratib olinib, uni yuklagan abituriyentlarga çet tili fanidan maksimal ball beriladi.