«Şu yilning 21 avgust kuni mamlakatimizda 381 holatda kasallik qayd etilgan bölib, barçasi tana harorati kötarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun respublikaning 6 hududida tana harorati kötarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlandi va jami holatlar soni 38 ming 74taga yetdi.
Qayd etiş kerakki, kunlik holatlar soni qatorasiga olti kun davomida 600dan past bölib kelayotgandi va bugun sönggi bir oydan oşiq vaqt içida ilk marta kunlik ösiş 400dan past böldi.
Yangi holatlar (+381)
- Toşkent şahrida 227 holat;
- Toşkent viloyatida 127 holat;
- Samarqand viloyatida 13 holat;
- Qaşqadaryo viloyatida 8 holat;
- Andijon viloyatida 3 holat;
- Navoiy viloyatida 3 holat.
Tuzalganlar (+547)
Bugun respublikaning 9 hududida 547 bemor soğayib, şu vaqtgaça kasallikdan foriğ bölganlar soni 33 ming 989 nafarga yetdi.
- Toşkent şahrida 382 nafar;
- Toşkent viloyatida 123 nafar;
- Buxoro viloyatida 12 nafar;
- Xorazm viloyatida 7 nafar;
- Andijon viloyatida 6 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 6 nafar;
- Qoraqalpoğistonda 5 nafar;
- Qaşqadaryo viloyatida 3 nafar;
- Namangan viloyatida 3 nafar.
Ölim holatlari (+6)
Bugun Toşkent şahrida 5 nafar, Toşkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi va şu vaqtgaça rasmiy statistikada qayd etilgan ölim holatlari soni 260taga yetdi.
- Şayxontohur tumanida yaşagan 49 yoşli X.A. (erkak);
- Şayxontohur tumanida yaşagan 44 yoşli R.A. (erkak);
- Yaşnobod tumanida yaşagan 74 yoşli O.S. (erkak);
- Uçtepa tumanida yaşagan 59 yoşli G.M. (ayol);
- Çilonzor tumanida yaşagan 69 yoşli R.M. (ayol);
- Zangiota tumanida yaşagan 47 yoşli R.Yu. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 825 nafar bemor davolanmoqda, şundan 277 nafari oğir, 96 nafari esa öta oğir ahvolda.












