Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko iş taşlaş ötkazayotgan korxonalarni 24 avgustdan yopişni buyurdi.

Uning sözlariga köra, "kimdir işlaşni xohlamasa", gubernatorlar va ijroiya qömitalari raislari ularni işlaşga majburlamasliklari kerak.

"Kerakmas. Ularni baribir majburlay va köndira olmaymiz. Mamlakat çidaydi. Agar korxona işlamasa – duşanbadan darvozasiga qulf osiladi, töxtatamiz. Odamlar soviganidan keyin korxonaga kimlarni taklif etişni hal qilamiz. Duşanbadan", — dedi Lukaşenko.

Belarusdagi qator korxonalarda iş taşlaşlar boşlangani, işlab çiqariş töxtagani xabar qilingandi, ammo mamlakat boş vaziri Roman Golovçenkoning aytişiça, iqtisodiyotning real sektoridagi barça taşkilotlar odatdagi rejimda işlamoqda.

Köçalardagi namoyişlar haqida söz yuritarkan, Lukaşenko ularning taşkilotçilari "xorijda, qöşni mamlakatlarda ötirgani"ni qayd etdi.

"Çegara orqali har xil odamlar ötyapti. Kelişib, bayroq silkitişyapti, sizlarni tartibsizliklarga undayapti. Tartibsizliklarning asosçilari grodnoliklar emas, belaruslarmas. Ular öşa yoqda —Varşavada, Vilnyusda", — deb qöşib qöydi u.