Qayd etilişiça, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidan yurtdoşlarimizni olib keliş maqsadida temir yöl reysi taşkil etilmoqda. Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelişuvga binoan Özbekiston fuqarolarini yölovçi poyezdlari orqali olib keliş maqsadida Toşkent – Rostov-Don – Toşkent yönalişi böyiça navbatdagi maxsus temir yöl reysi taşkil etilmoqda.
19 avgust kuni Toşkentdan jönab ketgan Gnilovskaya – Toşkent yönalişida poyezd orqali 918 nafar özbekistonlik 26 avgust kuni Özbekistonga olib kelinişi rejalaştirilgan.
«Mazkur yölovçi poyezdi yöl davomida faqat texnik körik uçun töxtatiladi, ya'ni stansiya-vokzallarda yölovçilarning platformaga tuşişiga ruxsat etilmaydi.
Poyezd Özbekiston Milliy gvardiyasi, Içki işlar vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.
Uşbu reysda olib kelingan yölovçilar Namangan viloyatining karantin zonalariga yuboriladi. Aynan şu jihatni inobatga olgan holda yölovçilarning qarindoş va yaqinlari ularni kutib oliş maqsadida vokzalga taşrif buyurmasliklarini sörab qolamiz», deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, 13 avgust kuni Rostovdan 918 nafar, 9 avgust kuni Rossiyaning Samara şahridan 925 nafar özbekistonlik poyezdda Toşkentga olib kelingan edi. Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda karantinda bölişlarini ta'minlaş maqsadida avtobuslarda Toşkent viloyatining maxsus karantin zonalariga yetkazilgan.
Transport vazirligi karantin çoralari sababli MDHning qator davlatlarida mamlakatga kiriş-çiqişga çeklovlar Özbekistonda ham joriy etilgan va ular Özbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining tegişli qarori bilan bekor qilinmaguniça amaldagi kuçga ega ekanini eslatib ötgan.













