IIV YHXBB Axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, video Qöqonda bölib ötişi kutilayotgan ArmyGames öyinlariga tayyorgarlik jarayonidan olingan.

Ma'lum bölişiça, 15 avgustdan 5 sentyabrgaça Qöqon şahrida «Xalqaro umumarmiya öyinlari-2020» doirasida «Yöl-patrul» körik tanlovi ötkazilmoqda.

Musobaqada iştirok etiş uçun DYHX xizmatining Toşkent şahri, Toşkent, Sirdaryo, Farğona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat olib borayotgan 25 nafar xodimi özlariga biriktirilgan patrul avtomaşinalari bilan 19 avgust kuni Farğona viloyatiga yetib borişgan.

21 avgust kuni YPX xodimi R.Muhammedov «Lasetti» rusumli, 01 783 VSC davlat raqam belgili transport vositasining texnik holati, sozligi va çidamliligini tekşiriş maqsadida tanlov oldi maşğulotlar olib borayotgan vaqtida, uşbu holat atrofda tomoşa qilayotgan qatnaşçilar va fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

«Fuqarolardan uşbu holatni töğri tuşunişlarini sörab, xodimlarimizga nufuzli xalqaro tanlovda omad yor bölişini tilab qolamiz», – deyiladi xabarda.