Jons Hopkins universitetining sönggi ma'lumotlariga köra, bugungi kunga kelib koronavirus dunyo böylab 23,2 milliondan ortiq insonga yuqqan, deyarli 805 ming kişi hayotdan köz yumgan. Kasallanganlarning katta qismi uçta davlatga töğri keladi - AQŞ, Braziliya va Hindiston.
Timoşenko oğir ahvolda
Ukrainaning sobiq boş vaziri Yuliya Timoşenkoning betobligi haqida uning matbuot kotibi Marina Soroka Facebook'da xabar bergan. Uning sözlariga köra, Timoşenkoning harorati yuqori, şifokorlar uning ahvolini oğir deb baholagan.
«Ha, afsuski bu töğri. Test Yuliya Vladimirovnada COVID-19 borligini körsatdi. Uning ahvoli oğir deb baholanmoqda. Tana harorati 39 darajaga kötarilgan. Kuraşmoqda!», - deya yozgan u yakşanba kuni feysbukdagi sahifasida.
Siyosatçining qizi Yevgeniya Timoşenko va kuyovi Artur Çeçetkinda ham virus aniqlangan.
şu vaqtgaça Ukrainada 107 ming 379 kişida yangi koronavirus aniqlangan, şundan 2 313 kişi vafot etgan.
JSST: Ösmirlar niqob taqişi şart
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 12 yoşdan oşgan bolalar, öz yaşaş hududining qoidalariga muvofiq, kattalar bilan bir qatorda niqob taqişi kerakligini ma'lum qildi.
JSST vakilining sözlariga köra, ösmirlar xuddi katta yoşlilar kabi virus taşuvçisi ekanligi haqida yetarli dalillar mavjud. Bundan taşqari, taşkilotning qöşimça qilişiça, kasallik tarqalişida bolalarning roliga doir, avvalgidek, juda oz narsa ma'lum.
5 yoşdan kiçik bolalarning na jamoat joyida, na samolyot bortida niqob taqişiga hojat bor.
Taşkilot ekspertlari, şuningdek, 6 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar, agar niqobdan mustaqil va töğri foydalana olişsa hamda ularning öqişi va psixo-sotsiologik rivojlanişiga xalaqit bermasa, taqişlari mumkinligini qayd etişgan.
Mahalliy rasmiylar va aviakompaniyalar 6-12 yoş guruhlari böyiça öz xohişiga köra qaror qabul qilişi mumkin.
Britaniya hukumati katta jarimalar joriy qilmoqda

Angliya politsiyasi 30 nafardan ortiq mehmon iştirok etgan tadbir va yiğilişlar taşkilotçilarini jarimaga tortiş vakolatiga ega böldi. Xususan, gap yoşlarning noqonuniy bazmlari haqida ham ketmoqda. Jarimalar 10 ming funt sterlinggaça bölişi mumkin.
Tadbirning har bir iştirokçisi uçun jarima 100 funt sterlingni taşkil etadi va har bir takrorlangan huquqbuzarlik uçun jarima ikki baravarga köpayadi, eng köpi 3200 funt (4 188 AQŞ dollari).
Hukumat karantin rejimini buzuvçilarga nisbatan çoralarni kuçaytirişni avgust oyi boşidan beri muhokama qilmoqda. Houm-ofis rahbari Priti Patelning sözlariga köra, rasmiylar özini qonundan ustun deb hisoblaydigan va boşqalarning hayotiga xavf soladiganlarga qarşi kuraşadi.
Ötgan tunda birgina Birminhemning özida politsiya amaldagi qoidalarga mos kelmaydigan 70 bazmni tarqatib yubordi. Juma kuni şahar Covid-19 infeksiyasining statistik körsatkiçlari keskin oşgani sababli alohida e'tibor talab etadigan aholi punktlari röyxatiga kiritilgan.
Şotlandiya, Uells va Şimoliy Irlandiya ommaviy yiğilişlar uçun öz qoidalarini örnatişga haqli.
Britaniyadagi maktablar öquvçilarni kutmoqda

Buyuk Britaniya rasmiylari barça yoş guruhidagi bolalar sentabr oyida maktabga qaytişini tasdiqladi. An'anaviy öquv yili ertaroq boşlanadigan Şotlandiyada maktablar allaqaçon oçilgan.
Hukumatning soğliqni saqlaş böyiça boş maslahatçisi Kris Uittining sözlariga köra, maktab hayotining yetişmasligi bolalarga koronavirusdan köproq zarar yetkazadi. Uning ta'kidlaşiça, Covid-19’dan bolalar ölimi ehtimoli juda kam.
Uittining fikriga köra, Britaniyada koronavirusga qarşi kuraş yana kamida töqqiz oy davom etadi.
Boşqa mamlakatlardagi maktablarda virus tarqalişi

Bu vaqtda Germaniyadan maktablar ham virus öçoğiga aylanayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Köplab nemis öquvçilari ikki hafta oldin maktablarga qaytişgan va şundan beri rasmiylar Berlindagi 825 maktabning 41tasida virus yuqtiriş holatlari aniqlangani haqida xabar berişgan.
Şu bilan birga, virus bolalarning barça yoş toifalariga yuqqan - boşlanğiç maktabdan bitiruv sinflarigaça. Yuzlab öquvçilar va öqituvçilar karantinga olingan.
Maktablarning oçilişi bilan boğliq yangi öçoqlar haqida AQŞning bir qator ştatlari rasmiylari va Isroil ta'lim vazirligi ham xabar bermoqda.
Bir haftadan söng maktablar oçiladigan Fransiyada 11 yoşdan katta bolalar ta'lim muassasalari hududida niqobda bölişlari şart.
Janubiy Koreyada kunlik kasallaniş darajasi böyiça yangi rekord
Janubiy Koreyada kunlik kasallanişning mart oyidan beri eng yuqori körsatkiçi qayd etildi. Xabar qilinişiça, 800dan ortiq holat Seuldagi çerkovlardan birining izdoşlari orasida aniqlangan, ular ötgan yakşanba kuni namoyişga çiqqandi.
Jamoatçilikning fikriga köra, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni hukumatning ommaviy tadbirlarni çetlab ötiş haqidagi buyruğiga amal qilişni istamayotgan konservativ kayfiyatdagi dindorlar xavf ostiga qöymoqda. Şu bilan birga, diniy jamoalar a'zolari liberal prezident Mun Je Inni kommunist deb atayapti.
Janubiy Koreya naşrlari manbalarga tayanib, mamlakat epidemiyaning ikkinçi tölqini bilan töqnaşayotganini va uning oqibatlari birinçisidan köra jiddiyroq bölişini yozmoqda.
Hindistonda uç milliondan ortiq bemor
Hindistonda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni uç milliondan oşdi. Ötgan kun davomida mamlakatda rekord darajadagi yangi holatlar qayd etildi. Hindistonning aholisi 1,3 milliarddan oşiqligi hisobga olinsa ham, ekspertlarning fikriga köra, bunday holatlar soni juda yuqori bölib körinmoqda. Şifokorlarning sözlariga köra, bu mamlakatda keng tarqalgan tahlil tizimi yaratilmagani bilan izohlanadi. Dehli va boşqa yirik şaharlarda statistika pasayib borar ekan, mamlakatning çekka hududlarida yangi öçoqlar paydo bölmoqda.
Ikki yil kutiş kerak
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adanom Gebreysus COVID-19 koronavirus pandemiyasi kamida ikki yil içida ortda qolişi mumkinligini aytib ötdi.
JSST rahbari 1918 yildagi ispan grippi pandemiyasi ham ikki yil davom etganini eslatgan. Uning fikriça, COVID-19 koronavirus pandemiyasi dunyoda odamlar örtasidagi muloqot köpaygani tufayli tarixdagi eng keng tarqalib ketgan virus bölişga yaqin turibdi.
«Lekin bizda pandemiyani töxtatiş uçun texnologiyalar va bilim yetarli», degan JSST boş direktori Jyenevadagi brifingda.
Gebreyyesus nutqi davomida infeksiyaga qarşi kuraşda xalal berayotgan jihat globallaşuv va odamlar örtasidagi muloqotning faollaşgani ekanini ta'kidlagan. U zamonaviy texnologiyalarni pandemiyaga qarşi kuraşdagi ustunlik beruvçi jihat deb hisoblamoqda.
«Şu sababli biz pandemiyaga yaqin ikki yil içida barham beramiz, bunda barça kuçlarni birlaşgan holda safarbar etiş, milliy birlik va global birdamlik asosiy qurol böladi», degan Gebreysus.
U koronavirus infeksiyasiga qarşi vaksina işlab çiqilişiga umid qilişi va kasallikning tarqalişiga qarşi eng yaxşi çoralari körilişi lozimligini bildirgan.













