AQŞ Isroilning hududdagi harbiy ustunligini saqlab qolgan holda BAAga harbiy yordam beriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Quddusda Isroil boş vaziri bilan ötkazilgan muzokaralardan söng ma'lum qildi.

 "Biz Amirliklarga Erondan himoyalaniş uçun harbiy yordam taqdim etiş imkoniyatini örganmoqdamiz, ammo buni Isroilning mintaqadagi sifatli ustunligini saqlab qolgan holda amalga oşirmoqçimiz", - dedi u.

 Mayk Pompeo Quddusda Isroil mudofaa vaziri Beni Gans va taşqi işlar vaziri Gabi Aşkenazi bilan ham uçraşişi rejalaştirilgan. Şundan söng Pompeo Sudan, Bahrayn va BAAga boradi.

 Isroil va BAA munosabatlarni töliq tiklaşga kelişib olgan. Yaqin haftalarda ikki davlat investitsiya, turizm, aviaqatnovlar, xavfsizlik, telekommunikatsiya va boşqa sohalarda qator şartnomalar imzolaşi kutilmoqda.

 Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi va katta maslahatçisi Jared Kuşner sentyabrda arab mamlakatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxşilaşga köndiriş maqsadida Yaqin Şarq böylab safarga çiqişi xabar qilingandi.