Davlat departamentida ta'kidlanişiça, maxfiylik nuqtayi nazaridan infeksiyaga çalingan kişining şaxsi oşkor qilina olmaydi.
Ma'lum qilinişiça, Pompeo koronavirusga manfiy test topşirgan, biroq yöriqnomalarga muvofiq, u karantinda böladi. “U davlat departamenti tibbiy xizmatining doimiy kuzatuvida böladi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
14 dekabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ oliy rahbariyati BioNTech va Pfizer kompaniyalari vaksinasi bilan emlanişi boşlanişini e'lon qilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, AQŞ koronavirusga çalinganlar va undan vafot etganlar soni böyiça dunyoda yetakçi örinni egallamoqda. Mamlakatda 17,1 mlndan köproq kişi virusga çalingan, 312 ming kişi undan vafot etgan.














