AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Tehronni "Al-Qoida" terrorçi taşkiloti bilan aloqadorlikda aybladi.

"Eron – bu "Al-Qoida" uçun muhim geografik markaz bölgan yangi Afğoniston, ammo aslida bundan ham yomon", - dedi Pompeo.

"Afğonistonda "Al-Qoida" toğlarda yaşiringan bölsa, Eronda u Eron rejimi himoyasi ostida harakatlanadi", - deb qöşib qöydi u.

 "Tehron "Al-Qoida" bilan aloqani bemalol qöllab-quvvatlar ekan, Fransiya kabi davlatlarga hujum xavfi saqlanib qolaveradi, çunki Eron "Al-Qoida"ni sayohat uçun pasportlar bilan ta'minlaydi, Germaniya xatarda qoladi", - deb ta'kidladi Pompeo.

 Avvalroq AQŞ va Saudiya Arabistoni Eronga qarşi turiş uçun harbiy hamkorlikni mustahkamlaşga kelişib olgandi.