«Şu yilning 25 avgust kuni mamlakatimizda 316 holatda kasallik qayd etildi, bu esa sönggi kunlardagi eng past körsatkiçdir», deyiladi vazirlik xabarida.
Kun davomida respublikaning 7 hududida 316 holat aniqlanib, jami holatlar soni 39 ming 664taga yetdi.
Yangi holatlar (+316)
- Xorijdan kelgan va Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilganlar orasidan 110 holat;
Tana harorati kötarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
- Toşkent viloyatida 114 holat;
- Toşkent şahrida 61 holat;
- Samarqand viloyatida 12 holat;
- Buxoro viloyatida 10 holat;
- Jizzax viloyatida 4 holat;
- Qaşqadaryo viloyatida 3 holat;
- Andijon viloyatida 2 holat.
Tuzalganlar (+432)
Respublikaning 8 hududida jami 432 bemor kasallikdan foriğ böldi va Özbekistonda şu vaqtgaça koronavirusdan soğayib çiqqanlar soni 35 ming 983 nafarga yetdi.
- Toşkent şahrida 291 nafar;
- Toşkent viloyatida 117 nafar;
- Andijon viloyatida 6 nafar;
- Jizzax viloyatida 5 nafar;
- Qaşqadaryo viloyatida 5 nafar;
- Qoraqalpoğistonda 3 nafar;
- Namangan viloyatida 3 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar.
Ölim holatlari (+7)
Toşkent şahrida yana 7 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan ölim holatlari soni 287taga yetdi.
- Olmazor tumanida yaşagan 65 yoşli X.X. ismli ayol vafot etgan.
- Yunusobod tumanida yaşagan 40 yoşli D.A. ismli ayol vafot etgan.
- Şayxontohur tumanida yaşagan 79 yoşli Ğ.Ş. ismli erkak vafot etgan.
- Yaşnobod tumanida yaşagan 49 yoşli Q.A. ismli erkak vafot etgan.
- Olmazor tumanida yaşagan 63 yoşli M.Z. ismli ayol vafot etgan.
- Uçtepa tumanida yaşagan 62 yoşli A.T. ismli erkak vafot etgan.
- Sergeli tumanida yaşagan 55 yoşli S.B. ismli ayol vafot etgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 394 nafar bemordan 294 nafari oğir, 110 nafari esa öta oğir ahvolda.












