28 avgust kuni poytaxtda Riviera – yangi savdo-köngiloçar markazi oçiladi. Riviera savdo-köngiloçar markazining loyihasi, Fransiyaning savdo-köngiloçar inşootlarni loyihalaşga möljallangan va katta xalqaro tajribaga ega bölgan MB Architecs arxitektura va dizaynerlik kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.
Ma'lumot uçun:
- Umumiy maydoni: 40 370 m2
- Makro supermarketining umumiy maydoni: 2 500 m2
- Yer osti va yer usti avtomobil qöyiş joylarining siğimi – 471 ta
Riviera savdo-köngiloçar markazi The Tower Mall Management Group kompaniyasining loyihalaridan biri bölib, oldin Samarqand Darvoza savdo-köngiloçar markazi, Compass savdo-köngiloçar markazi, Eski Şahar savdo markazi hamda Anhor park savdo şahriga öxşagan inşootlarni taqdim etgan. Yangi savdo-köngiloçar markazi eski şaharning qoq markazida, Olmazor tumanida, Sebzor va Nurafşon gavjum köçalarning kesişmasida joylaşgan.

Riviera savdo-köngiloçar markazida ilk marotaba Armani Exchange, Calvin Klein, Gant, Camicissima, Liu Jo, Mayoral brendlari namoyişga qöyilgan. Şuningdek yangi savdo-köngiloçar markazida Benetton, Colinʻs, Levis, Lacoste, Tommy Hilfiger, PANDORA, Geox, Giorgio Rotti, USPA, Sacoor Brothers, Okaidi va boşqa köplab brendlarning dökonlari joylaşgan.
Bolalar uçun Özbekistonda ilk marotaba Luna park, şuningdek, karantin çoralari bekor qilinganidan söng iş boşlaydigan 7 ta zali bölgan kinoteatr barpo etilgan. Fudkortning markazida Coca-Cola Ice Rink oçiq yaxmalak joylaşgan.

Umumiy ovqatlaniş zonasiga alohida e'tibor qaratilgan: fudkortda maydoni 1 300 m2 bölgan, Anhor daryosi körinib turadigan yozgi ayvon mavjud. Fudkort zonasida mahalliy fud-servislar bilan birga Black Star Burger, Baskin Robbins, New-York Burger, American Pizza, Pizza and More, Mustafa, Ajwa Cuisine, Kabulis, Tri Samuraya, Angelʻs Pizza, Hot Dogger, Turkish Food, Milliy Restaurant, Dolce Italia, Bellissimo dunyo brendlari xizmat körsatadi.
Birinçi uç kun davomida, xalqaro dirijyorlar tanlovi sovrindori Bobomurod Xudoyqulov boşçiligidagi simfonik orkestri, yangi savdo-köngiloçar markazi bilan tanişişning alohida muhitini hamda yoqimli xarid qiliş muhitini yaratadi.









