3 fevral kuni Toşkent şahri Olmazor tumanida joylaşgan Riviera savdo markazida farroş ayol baxtsiz hodisa qurboni böldi. Kun.uz voqea tafsilotlarini örganiş uçun savdo majmuasiga bordi. Ammo majmua xodimidan tortib direktorigaça tahririyat savollariga javob berişni xohlamadi.

Boş prokuraturaga köra, 3 fevral kuni savdo majmuasida farroş bölib işlovçi 45 yoşli ayol lift şaxtasiga şişa oynalarni tozalaş uçun kirgan. U şaxtaning burçak qismida ekanida lift eşiklari yopilib, tepaga qarab harakatlanişni boşlagan. Liftni harakatga keltiruvçi toşlar farroşning ustiga tuşib ketgan. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi axborot xizmati baxtsiz hodisaga texnika xavfsizlik talablarining buzilişi sabab bölganini taxmin qilgan. Kun.uz bunga aniqlik kiritiş maqsadida savdo majmuasiga bordi.

Boş prokuratura axborot xizmatining aniqlik kiritişiça, öşa kuni soat 11:10 da savdo majmuasida farroş bölib işlovçi 45 yoşli Ş.M. lift şaxtasiga şişa oynalarni tozalaş uçun kirgan. U şaxtaning burçak qismida ekanida lift eşiklari yopilib, tepaga qarab harakatlanişni boşlagan, liftni harakatga keltiruvçi toşlar farroşning ustiga tuşib, uni qisib qolgan.

Kun.uz muxbiri savdo markazida bölib, administratsiya xodimlaridan liftning şu kungaça qanday işlab kelgani haqida söradi. Ammo majmua xodimidan tortib direktorigaça şu kabi savollar javobsiz qoldi. Ular bunga tergov jarayonlarini vaj qilib körsatdi.

Mehnat qonunçiligiga köra, boquvçi bölgan xodim mehnat majburiyatlarini bajarişi bilan boğliq bölgan holda vafot etgan taqdirda iş beruvçi ziyonning örnini qoplaşi şart.

Bular biryöla beriladigan nafaqa, boquvçining yöqotilgan iş haqi örnini qoplaş uçun amalga oşiriladigan har oylik tölovlar va qöşimça xarajatlarni kompensatsiya qilişdan iborat böladi. Boquvçi vafot etgani munosabati bilan biryöla beriladigan nafaqaning miqdori marhumning örtaça yillik iş haqining olti baravaridan kam bölmasligi kerak.

Bundan taşqari, oilaning boquvçisini yöqotgan a’zolariga har oylik nafaqalarni tölab boriş ham iş beruvçining zimmasiga yuklanadi.

Ma’lumot örnida, marhuma Toşkent viloyati Böka tumanidan bölgan. U mazkur savdo majmuasida 2020 yildan beri farroşlik qilib kelgan. Uning 2 nafar farzandi yetim qolgan.