3 fevral kuni Toşkent şahri Olmazor tumani joylaşgan Riviera savdo markazida farroş ayol baxtsiz hodisa qurboni böldi.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, şaxtada işlayotgan ayolni lift bosib qolgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Boş prokuratura axborot xizmatining aniqlik kiritişiça, 3 fevral kuni soat 11:10 da savdo majmuasida farroş bölib işlovçi 45 yoşli Ş. M lift şaxtasiga şişa oynalarni tozalaş uçun kirgan. U şaxtaning burçak qismida ekanida lift eşiklari yopilib, tepaga qarab harakatlanişni boşlagan, liftni harakatga keltiruvçi toşlar pastga, ya’ni farroşning ustiga tuşib, uni qisib qolgan.

Toşkent viloyati Böka tumanidan bölgan marhum ayol mazkur savdo majmuasida 2020 yildan buyon farroş sifatida işlab kelgan. Uning ikki nafar farzandi yetim qolgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyevga köra, baxtsiz hodisaga texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinmagani sabab bölgani taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga prokuratura va IIB xodimlaridan iborat işçi guruh yetib borgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.