Ma'lum qilinişiça, quyidagi alomatlar kasallik xavfi darajasi yuqoriligini anglatadi:
- Hansiraş (havo yetişmayotganini seziş) – nafas oliş çastotasi bemorning tinç holatida daqiqasiga 22 va undan yuqori bölişi;
- Tana harorati stabil ravişda 39 daraja va undan yuqori bölib, isitmani tuşiruvçi dori vositalari yordamida tuşmasligi;
- Qon kislorod bilan ta'minlanişi 90 foizdan past bölişi (bu körsatkiç pulsoksimetr yordamida aniqlanadi);
- Qon bosimi tuşib ketişi yoki keskin kötarilib ketişi (90dan past yoki 220dan yuqori);
- Yurak urişi tezlaşişi – puls daqiqasiga 130 va undan yuqori bölişi;
- Bemorda ong körsatkiçlarining pasayişi;
- Qöşimça xavf omillari: yoşi 60 va undan yuqori, yondoş kasalliklar – diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari, öpka va buyraklar surunkali kasalliklari, onkologik kasalliklar va immunitetning pasayişi;
- Oğir simptomlarning mavjudligi, ya'ni çidab bölmaydigan oğriqlar, jumladan boş oğriqlari, töxtamasdan qayt qiliş va intensiv diareya.
«Bu holatlarda zudlik bilan şifokorga murojaat qilib, bemor statsionarga yuborilişi lozim», dedi Habibulla Oqilov AOKAda ötkazilgan brifingda.












