Prezident “Böstonliq tumanida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş orqali turizmni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Böstonliq tumanining turistik yönalişdagi raqobatdoş ustunliklaridan samarali foydalaniş, hududning ixtisoslaşuvini aniq belgilaş, turistik, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantiriş, investitsiya muhitini tubdan yaxşilaş orqali aholi bandligini ta'minlaş uçun 2022 yil 31 dekabrga qadar Toşkent viloyati Böstonliq tumanida alohida ma'muriy-boşqaruv tizimi joriy qilinmoqda.

Belgilanişiça, alohida ma'muriy-boşqaruv tizimi doirasida:

a) Boş vazir örinbosari – Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi bir vaqtning özida “Çorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi direktori lavozimini egallaydi, şuningdek, Böstonliq tumani hokimligi faoliyatini muvofiqlaştirib boradi. Bunda, Boş vazir örinbosari – Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi:

tuman hokimi va uning örinbosarlari, şuningdek, davlat boşqaruvi organlarining tuman bölinmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlaş va lavozimidan ozod etiş böyiça taklif kiritadi;

tuman hokimligi boşqaruv apparati va davlat boşqaruvi organlari tuman bölinmalarining tuzilmalariga özgartiriş kiritiş böyiça takliflar işlab çiqadi;

Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topşiriqlarini tumanda mas'ul taşkilotlar tomonidan öz vaqtida, töliq va sifatli bajarilişini nazorat qiladi, şuningdek, kamçiliklarga yöl qöygan mas'ul taşkilotlar rahbarlariga nisbatan lavozimidan ozod etişgaça bölgan çoralar köriş böyiça taklif kiritadi;

b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat asosida tumanda joylaşgan aholining dam oliş va salomatligini tiklaş bilan boğliq davlat mulki obekti bölgan dam oliş uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boşqa obektlar, şuningdek, turistik infratuzilmani yaratiş imkoniyati bölgan yer uçastkalari Direksiyaga keyinçalik samarali foydalaniş va (yoki) realizatsiya qiliş uçun ötkaziladi;

v) “Çorvoq” erkin turistik zonasi hududida joylaşgan hamda uşbu bandning “b” kiçik bandiga asosan Direksiyaga ötkazilgan davlat mulki obektlari va yer uçastkalarini realizatsiya qiliş Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oşiriladi;

g) erkin turistik zona hududida joylaşgan yer uçastkalari yer fondini bir toifadan boşqasiga özgartiriş, uni turistik infratuzilmani rivojlantiriş uçun ajratiş erkin turistik zona Ma'muriy kengaşining qaroriga asosan amalga oşiriladi. Bunda, yer uçastkalari egalariga Toşkent viloyatining boşqa hududlaridan faoliyat turiga mos yer uçastkasi va yetkazilgan zararni qoplaş nazarda tutiladi;

d) tumanda joylaşgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini yuritiş uçun elektron onlayn auksion orqali sotuvga qöyiş Direksiya qaroriga muvofiq amalga oşiriladi;

ye) erkin turistik zona hududida investitsiya loyihasini amalga oşiriş uçun yer uçastkasini sotib olgan investorlarga yer uçastkasiga bölgan egalik huquqlari istisno tariqasida Toşkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylaştiriladi;

j) tumanda (erkin turistik zona hududida joylaşgan yer uçastkalari bundan mustasno), şu jumladan, örmon fondi yerlarida yer uçastkalarini ajratiş, köçmas mulkni buziş, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani quriş bilan boğliq qarorlar Direksiya bilan majburiy tarzda kelişiladi;

z) tuman hokimi töğridan-töğri Vazirlar Mahkamasiga böysunadi, tuman prokuraturasi, içki işlar va soliq bölinmalarining rahbarlari esa maqomi, şu jumladan, mehnatga haq tölaş şartlari böyiça tegişliça uşbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari örinbosarlariga tenglaştiriladi;

i) barça davlat boşqaruvi organlarining respublika darajasidagi rahbar (örinbosar)laridan biri bir vaqtning özida ularning tumandagi tegişliça hududiy bölinmalari faoliyatini muvofiqlaştirib boriş uçun biriktiriladi;

k) Direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:

xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya, kredit, moliyaviy yordam va grantlar jalb etiş böyiça kelişuvlar (memorandum, şartnomalar) tuziş;

tumanda joylaşgan yer uçastkalari va davlat mulki obektlarini realizatsiya qiliş böyiça qarorlar qabul qiliş;

hududda joylaşgan davlat mulki obektlarini garovga qöyiş orqali kreditlar oliş va jalb qiliş;

öziga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş doirasida nufuzli konsalting kompaniyalari, hududda barpo etilayotgan yirik obektlarni loyihalaş va quriliş işlariga nufuzli xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalar hamda malakali ekspertlarni jalb qiliş;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş maqsadida erkin turistik zona hududida yaşil zonalarni taşkil qiliş, ayrim hududlarda esa tabiatga zarar keltiradigan xöjalik faoliyatini, şu jumladan, çorvaçilik, dehqonçilik, yangi sanoat va xizmat körsatiş obektlarini barpo etiş taqiqlangan zonalarni belgilaş;

aholiga va tadbirkorlik sub'yektlariga körsatiladigan ayrim davlat xizmatlarini autsorsing tizimi asosida taşkil etiş;

aholining dam oliş va salomatligini tiklaş bilan boğliq davlat mulki obektlari bölgan dam oliş uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boşqa obektlarni işonçli boşqaruv şartnomasi asosida boşqaruv kompaniyalariga beriş.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Toğli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilmoqda.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq, istisno tariqasida, 2020 yil 1 sentyabrdan boşlab:

tumanda litsenziya va ruxsatnoma berişdan, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq va ma'muriy huquqbuzarliklar uçun jarimadan respublika va viloyat mahalliy budjetiga tuşadigan mablağlar va bojlar töliqligiça tuman mahalliy budjetiga;

tuman hududida joylaşgan davlat mulki obektlarini realizatsiya qilişdan tuşadigan mablağlar (baholaş va xususiylaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş xarajatlaridan taşqari), şuningdek, yer uçastkalarini realizatsiya qilişdan tuşadigan mablağlar töliq Jamğarmaga yönaltiriladi.

Alohida ma'muriy-boşqaruv tizimi davrida tuman hokimligi faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy körsatkiçlarni öz içiga oladi:

aholi bandligi va daromadlarini oşiriş;

ilğor xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy boşqaruv tizimini joriy etiş;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oşiriş, şu jumladan, ta'mirtalab ta'lim, tibbiyot taşkilotlarini zarur anjomlar, buyumlar, aloqa va kommunikatsiya vositalari bilan ta'minlaş;

tuman iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar uluşi hamda mahsulotlar (xizmatlar) eksportini oşiriş;

tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali mahalliy budjetning daromadini köpaytiriş, “xufiyona iqtisodiyot” uluşini kamaytiriş;

yöl-transport, taşqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantiriş, jumladan, içimlik va oqova suv tarmoqlarini quriş va rekonstruksiya qiliş hamda axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oşiriş;

ekologiya va atrof-muhitni yaxşilaş, şu jumladan, çiqindilarni zamonaviy utilizatsiya qiliş tizimini yölga qöyiş.

Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) bir oy muddatda tuman hokimligi faoliyati samaradorligining asosiy körsatkiçlarini (KPI) tasdiqlaydi.

Tuman hokimligiga quyidagi qöşimça asosiy ustuvor vazifalar yuklandi:

körsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoşligi va sifatini oşiriş;

xususiy sektorda turizmni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida keng tarğib qiliş;

zamonaviy turistik infratuzilma obektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-soğlomlaştiriş, savdo-köngiloçar, restoran va kafelar hamda turistik ahamiyatdagi boşqa obektlar)da turistlarga xizmat körsatiş uçun zarur şaroitlarni ta'minlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam oliş zonalarini yaratiş;

tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etiş va loyihalarning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş, şu jumladan, turizmni rivojlantiriş uçun möljallangan yer uçastkalarini zonalar va lotlarga ajratiş işlarini taşkil etiş;

tumanning turistik salohiyatini rivojlantirişda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etiş böyiça çora-tadbirlar kompleksini amalga oşiriş;

turistik infratuzilmani rivojlantiriş hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratiş;

transport logistikasini rivojlantiriş, içki va taşqi yönalişlarni kengaytiriş, transport xizmatlari sifatini oşirişni ta'minlaş;

turizm bozorining turli segmentlariga yönaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini tumanda diversifikatsiya qilinişini ta'minlaş;

respublika içida turizm xizmatlariga bölgan ehtiyojni qanoatlantirişga yönaltirilgan turizm faoliyati sub'yektlarining faolligini rağbatlantirişni ta'minlovçi tumanning içki turizmini rivojlantirişni muvofiqlaştiriş;

taşrif buyurgan turistlarning xavfsizligi va salomatligini ta'minlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qöllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovçi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qiliş asosida öziga xos ekologik tizimni yaratiş;

tumanda istiqomat qiluvçi aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga jalb etiş, ularning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş çoralarini köriş;

tumanda işlab çiqilgan turizm mahsulotlarining xalqaro va içki turizm bozorlarida tarğib qilinişini ta'minlaş, tumanning sayohat va dam oliş uçun xavfsiz hudud sifatidagi imijini mustahkamlaş;

xalqaro reytinglarga asosan turizmni rivojlantirişga yetakçi xorijiy mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Şveytsariya, Yaponiya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qiliş;

jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro aloqalarni kengaytiriş, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etgan holda jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş sport bazalarini hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalari ötkazişga möljallangan yozgi va qişki sport obektlari va inşootlarini barpo etiş çoralarini köriş;

tumandagi sport bazalari hamda sport obektlari va inşootlaridan samarali foydalanilişini ta'minlaş, sport turlari böyiça mahalliy va xalqaro öquv-maşğulot yiğinlarini, şuningdek, nufuzli xalqaro sport musobaqalarini taşkil etiş orqali sport turizmini rivojlantiriş;

ommaviy va professional sportni, şu jumladan, yozgi va qişki sport turlarini rivojlantirişni rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş, ilğor xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş;

turistik va ijtimoiy infratuzilma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş, şuningdek, uşbu yönalişga xalqaro moliya institutlari grantlari va mablağlarini jalb etiş hamda davlat-xususiy şeriklikni joriy etiş.

Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov):

a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturini işlab çiqadi va tasdiqlaydi:

investitsiyalarni, ayniqsa töğridan-töğri investitsiyalarni keng jalb etiş, tumanning eksport salohiyatini oşiriş, aholi bandligini ta'minlaş hamda sanoat, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş;

tumanda yangi turistik va ijtimoiy infratuzilma obektlari, şu jumladan, mehmonxona, umumiy ovqatlaniş, madaniy köngiloçar maskanlari, dam oliş va sayil qiliş uçun yaşil zonalar, parklar sonini keskin köpaytiriş, sohada yangi xizmatlar turlarini kengaytiriş, transport va logistikani rivojlantiriş;

yöl-transport, taşqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantiriş, jumladan, içimlik va oqova suv tarmoqlarini quriş va rekonstruksiya qiliş;

tumanning barça hududlarida, şu jumladan, toğli va olis qişloqlarida axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini quriş, axborot, aloqa, internet xizmatlari sifatini oşiriş;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş orqali aholi turmuş tarzini yaxşilaş;

b) ilğor xorijiy tajribani örganiş yakunlari böyiça mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalarni töliq amalga oşiriş uçun 2020 yil 1 dekabrga qadar tumanda mutlaqo yangi özini özi boşqariş tizimini joriy etiş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi.