Xabar qilinişiça, kun davomida 638 bemor soğayib, 5 kişi vafot etdi. Tuzalganlar 37 200 nafar, qurbonlar 298 nafarni taşkil etmoqda.

Ayni paytda davolanayotganlar soni 3 mingdan kamayib, 2949 nafarga tuşdi.

Yangi holatlar (+393)

Vazirlik xabariga köra, yangi holatlarning barçasi tana harorati kötarilgani bois profilaktika maqsadida test topşirgan va koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

  • Toşkent şahri – 241
  • Toşkent viloyati – 93
  • Samarqand viloyati – 27
  • Qaşqadaryo viloyati – 15
  • Buxoro viloyati – 5
  • Andijon viloyati – 4
  • Navoiy viloyati – 3
  • Surxondaryo viloyati – 3
  • Farğona viloyati – 2

Tuzalganlar (+638)

40 447 bemordan 37 200 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi birinçi marta 92 foizga yetdi.

  • Toşkent şahri – 458 nafar
  • Toşkent viloyati – 126 nafar
  • Samarqand viloyati – 18 nafar
  • Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlari – 7 nafardan
  • Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari – 5 nafardan
  • Farğona viloyati – 3 nafar
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va Navoiy viloyati – 2 nafardan.

Ölim holatlar (+5)

Beş kişi vafot etdi, ularning barçasi – erkaklar. Rasmiy statistikada qayd etilgan ölimlar soni 298taga yetdi. Ölim körsatkiçi rasman 0,7 foiz bölib qolmoqda.

  • Yaşnobod tumanida yaşagan 70 yoşli A.M. (erkak)
  • Çilonzor tumanida yaşagan 83 yoşli A.A. (erkak)
  • Kasbi tumanida yaşagan 45 yoşli Ğ.H. (erkak)
  • Mirişkor tumanida yaşagan 36 yoşli Q.R. (erkak)
  • Qarşi şahrida yaşagan 50 yoşli B.X. (erkak)

Ayni paytda davolanayotgan 2 949 bemordan 279 nafari oğir, 133 nafari esa öta oğir ahvolda.