Sönggi yetti kun davomida dunyoda koronavirusga çalinişning tasdiqlangan holatlari soni 1,8 millionga ortdi. Iyul oxiridan boşlab haftalik ösiş kuzatilmoqda. Biroq nisbatan olganda, pandemiya boşlanganidan beri bu tendensiya minimal darajaga tuşdi – 7,5 foiz.
Yangi infeksiyaning şartli ölim darajasi (yakuniysi pandemiya tugagaç aniqlanişi mumkin) minimal darajani yangilab, 3,4 foizgaça tuşdi. Ammo mutaxassislar bu körsatkiç kuzda kasallikning avj olişi ortidan yana kötarilişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.
Yetti kun davomida koronavirus sababli ötgan haftadagi kabi qariyb 38 ming kişi vafot etdi. Umuman olganda, dunyoda uşbu yangi kasallik bilan boğliq 832 ming ölim holati qayd etilgan.
Yevropadagi vaziyat
Epidemiyaning tarqaliş geografiyasi özgarib bormoqda: ğarbiy yarim şarda kasallaniş kamaymoqda, Şarqda esa aksinça, raqamlar keskin ösib bormoqda. Fransiya va Ispaniyada jiddiy holatlar qayd etildi, Angliya, Italiya va Turkiya kabi bir qator davlatlar bahorgi körsatkiçlarga qaytdi.
Fransiyada may oyi oxiridan beri birinçi marotaba 6 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etildi. Yetti kun davomida holatlar soni bir hafta oldingi 9,8 foizlik körsatkiçdan 13 foizga oşdi va qariyb 260 mingga yetdi. Uşbu voqealar fonida rasmiylar epidemiyaga qarşi çoralarni kuçaytirişmoqda. Masalan, endilikda Parijda niqob taqib yuriş tartibi nafaqat ma'lum joylarda, balki butun şahar böylab amal qiladi.
Ispaniyada xuddi aprelda bölgani kabi har kuni bir xil miqdorda, ya'ni taxminan 3 ming 800ta yangi holat qayd etilmoqda. Bu hafta virusga çalinganlar soni 6 foizga ortib, qariyb 430 mingga yetdi.
Germaniyada 241 mingta, Italiya va Turkiyada 264 mingtaga yaqin, Buyuk Britaniyada 332 mingta holat qayd etilgani holda, har kuni mingdan ortiq holatlar aniqlanişi bois körsatkiçlar aprel-may oylaridagi kabi köriniş oldi. Yuqtirişning eng yuqori darajasi Germaniya (4 foiz) va Turkiya (3,7 foiz)da.
Osiyodagi vaziyat
Hindiston Osiyodagi epidemiya markazi bölib qolmoqda. Bu yerda kuniga 70 ming odamda koronavirus aniqlanmoqda va kasallikka çalinganlarning umumiy soni allaqaçon 3 mln 468 mingdan oşib ulgurdi. Mamlakat koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda uçinçi örinda turibdi, ammo agar uşbu yuqori körsatkiç saqlanib qolgudek bölsa, mamlakat yaqin orada Braziliya (3mln 812 ming)ni ham ortda qoldirib, ikkinçi örindan joy olişi mumkin.
Bundan taşqari, epidemiya Janubi-Şarqiy Osiyoda ham keskin ösdi: Filippin (206 mingta holat) va Indoneziyada (163 mingta holat). Hozirda bu mamlakatlar koronavirusga çaliniş bilan boğliq holatlar soni böyiça dunyo reytingida 22- va 23-örinlarni egallab turibdi.
Uşbu haftada Filippinda kuniga örtaça 4 mingga yaqin yangi holat aniqlandi va yetti kunlik ösiş 16 foizga yetdi. Indoneziyada bu raqamlar biroz past, ya'ni 2,2 ming holat va 10,6 foizlik körsatkiç. Ammo şunga qaramay, mamlakat rasmiylari yil oxiriga qadar çet ellik sayyohlar uçun eng maşhur kurort – Balini oçmaslikka qaror qilişdi.
Testlar
Mutaxassislar ta'kidlaganidek, holatlar sonining tez ösişi boşqa omillar bilan bir qatorda, ba'zi mamlakatlarda test sinovlari qamrovining kengayayotgani bilan ham boğliq.
Xitoy ayni kunga qadar 90 milliondan ortiq test ötkazdi va u mazkur körsatkiç bilan dunyo böyiça birinçi örinda turibdi. AQŞda esa bu raqam 80 millionga yaqinlaşib qoldi. Hindiston (40 millionga yaqin) va Rossiya (35,7 milliondan ortiq) katta farq bilan ularning ortidan bormoqda.
Biroq nufusi 50 milliondan ortiq davlatlar orasida aholini qamrab oliş darajasiga köra, Rossiya (100 ming aholiga 24 mingdan ortiq test), AQŞ (24 mingga yaqin) va Buyuk Britaniya (23,9 ming)ning körsatkiçlari yuqoriroq. Ya'ni aholi ziç joylaşgan Xitoy va Hindiston kabi davlatlar uşbu jihatga köra röyxatning pastki qismidan joy olgan.













