Faqat ba'zi kunlardagina kunduzgi harorat 37-39 darajagaça, mamlakat janubi va şimoliy tumanlarda ayrim joylarda 40-42 darajaga yetdi.
«Özgidromet» xabariga köra, iyulda issiq davr sal uzoq davom etdi. Kunduzgi harorat 37-39 daraja çöl zonasida 43 darajagaça bölgan ob-havo faqat iyulning örtasida kuzatildi.
Odatda yoz davrida respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kamdan-kam kuzatiladi. Bu yil ham deyarli şunday böldi. Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarining toğli va toğoldi hududlarida mahalliy qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomğirlar köproq yoğdi.
Avgust oyining oxiriga kelib esa Özbekistonda yoz fasli uçun umuman xos bölmagan jarayonlar kuzatildi.
26 avgustda respublika böyiça harorat keskin pasayib, momaqaldiroqli yomğirlar yoğib ötdi. Ob-havoning bunday özgarişi ayniqsa Özbekistonning markaziy tumanlarida avj oldi. Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yoğingarçilik kuçli va davomli böldi. Toşkentda şu kuni 1 mm oylik normada yoqqan yoğinlar miqdori 17 mm.ni taşkil qildi.
Bu juda kamdan-kam kuzatiladigan hodisa bölsa ham, biroq meteorologik kuzatuvlar tarixida yagona emas. 1954 yilda Toşkentda iyulda 41 mm, 1969 yil iyulida esa 39 mm yomğir yoqqan.
Sentabr - kuzning birinçi oyi. Özbekistonda sentyabrda, ayniqsa uning birinçi yarmida odatda ob-havo issiq va kam bulutli böladi. Qisqa muddatli yomğirlar faqat ayrim kunlarda köproq toğli va toğoldi hududlarda kuzatilişi mumkin. Tungi harorat 15-20 daraja atrofida böladi, kunduzi 32-37 darajadan 25-30 daraja issiqqaça özgarib turadi.
Bugun va ertaga Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi.
31 avgustda Volgaböyi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirişi natijasida ob-havo özgaradi. Respublika böyiça bulutlilikning ortişi, ob-havoning yoğingarçiliksiz bölişi kutilmoqda, faqat Toşkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Kunduzgi harorat 1-2 darajaga pasayadi va 28-33 daraja atrofida böladi, bu me'yordan sal past haroratdir.
Sentyabrning ilk kunlari ob-havo asosan yoğingarçiliksiz böladi. Harorat keçasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja atrofida böladi.
Respublikaning toğli va toğoldi tumanlarida 30-31 avgust va 1-2 sentabr kunlari qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.












