Yonhap axborot agentligining xabar berişiça, “0100011001-001” deb nomlangan videorolik 29 avgust ertalab “Pxenyan radiosi” (Pyongyang Broadcast Service) kanalida joylangan. Rolikda ayol suxandon koreys tilida matn öqiydi.

“719-ekspeditsiyasi agentlari uçun masofadan ta'lim beruvçi axborot texnologiyalari universiteti tayanç ma'lumotlarini qaytariş böyiça topşiriq”, deb aytadi ayol.

Söngra suxandon “564-sahifa – 23-nomer”, 479-sahifa – 19-nomer”, 694-sahifa – 20-nomer” va şunga öxşaş boşqa iboralarni keltiradi.

Ta'kidlanişiça, Şimoliy Koreya öz josuslariga xabar yuborişda birinçi marta bunday usuldan foydalanmoqda.  

Janubiy Koreya OAV ma'lum qilişiça, Pxenyan odatda bunday xabarlarni jönatiş uçun qisqa tölqinlardagi çastotalardan foydalanadi. Şimoliy Koreya hududidan bunday xabarlar oxirgi marta 7 va 13 mart kunlari jönatilgan.  

Şu bilan birga Pyongyang Broadcast Service’ning Youtube-kanalidagi ta'rifida şunday mazmundagi, biroq boşqa raqamlar keltirilgan xabar avvaldan mavjud bölgan. U qaçon joylaştirilgani noma'lum, biroq bu Pxenyan “şifrlangan” xabarlarni birinçi marta Youtube orqali jönatmayotgani haqidagi öyga olib keladi.

9 iyunda Şimoliy Koreya Seul bilan barça aloqa liniyalarini uzişini ma'lum qilgan. Bu Pxenyanning Şimoliy Koreya hududida Janubdan pufaklar yordamida yetkazilgan hukumatga qarşi varaqalarning tarqatilişiga javobi bölgan.

Keyinroq Pxenyan Seulga qarşi harakatlarni amalga oşiriş bilan tahdid qilgan va bunga armiya javob berişini ta'kidlab ötgan. Janubiy Koreya bunga javoban Pxenyanni Koreyalararo kelişuvga rioya qilişga çaqirgan.