Minsk va Belarusning boşqa şaharlarida norozilik aksiyalari davom etmoqda. Jurnalistlarning baholaşiça, bugun ham Minskdagi marşda ön minglab kişilar iştirok etgan. «Naşey Nivy» hisob-kitoblariga köra esa yuz ming kişi köçaga çiqqan. Minskdan taşqari Brest, Mogilev, Vitebsk, Gomel, Bobruysk va boşqa yirik şaharlar ham faollik körsatdi. Namoyişçilar avvalgi mitinglarda bölgani kabi Aleksandr Lukaşenkoning iste'foga çiqişini hamda mamlakat prezidentligi lavozimi uçun halol saylovlar ötkazişni talab qilişdi.

Minskdagi asosiy maydonlar namoyişlar boşlanişidan oldinroq yopib qöyildi. Namoyişçilar metro bekati atrofida yiğilişdi va markaz tomon yurişdi, ammo asosiy maydonlar — Mustaqillik, Ğalaba, Oktabrskiy va «Minsk — qahramon-şahar» yodgorligi — allaqaçon tösib qöyilgandi. Aksiya vaqtida metroning markaziy bekatlari ham yopildi. Natijada odamlarning asosiy oqimi Mustaqillik maydonidan harakatlanişdi, bu yerda bir neça kişini qölga olişdi, keyin — Ğoliblar prospektidan Davlat bayroği maydoni sari yurişdi. Mustaqillik saroyi atrofi xavfsizlik kuçlari tomonidan örab olingandi.

Belarus IIV ma'lumotiga köra, Minskda 30 avgust kuni jami 140 kişini qölga olişgan. Fuqarolik kiyimidagi şaxslar Davlat xavfsizlik qömitasi binosi yaqinidagi namoyişçilarni qölga olişgan. Şuningdek, militsiyaning xizmat avtomobiliga hujum uyuştirişda ayblangan şaxslar qölga olingan. Içki işlar vazirligi ma'lumotiga köra, «bir guruh odamlar» maşinaning old oynasini sindirib, yon qismiga zarar yetkazişgan — uç kişi qölga olingan.

Asosiy mobil operatorlar internetni «davlat organlari buyruği» bilan sekinlaştirgan. Soat 15:00dan boşlab MTS, Life va A1 operatorlarida mobil internet faoliyatida muammolar kuzatildi, saytlar bir neça daqiqa davomida oçilmay qoldi. Bir neça soatdan keyin mobil internet faoliyati tiklandi.

Namoyişlar Aleksandr Lukaşenkoning tuğilgan kuniga töğri keldi. 30 avgust kuni u 66 yoşga töldi. Uni Putin telefon orqali tabrikladi. Namoyişçilar esa Lukaşenkoni «ağdariliş kuni» bilan tabriklaşdi va Mustaqillik saroyiga öz sovğalarini keltirişdi — kartondan yasalgan ulkan tarakan, diktatura uçun tobut va boşqa turli buyumlar. Ayollar qöllarida qovoqlar bilan milliy liboslarda Mustaqillik maydoniga qarab yurgan. Belarus afsonalariga köra, qiz biror yigitga rad javobi bersa, uni yoqtirmasa, unga qovoq bergan. Bu juda haqoratli ma'noni bildirgan. Şunga qiyosan ular ham yoqtirilmagan «amaki»ga qovoq olib borişdi. Namoyişçilar saroy atrofida töplanib, «Biz tuğilgan kundamiz!» deya hayqirişdi.

Jurnalistlarga militsiya xodimlari va namoyişçilardan uzoqroqda turiş tavsiya qilindi. Içki işlar vazirligining ogohlantirişida, «öz xavfsizligi uçun» jurnalistlar militsiya va namoyişçilarga 100 metrdan yaqin kelmaslik söralgandi. Minskda TASS korrespondenti Ivan Koliganov qölga olingan, ammo bir neça soat ötib uni qöyib yuborişgan.

Namoyişçilar Lukaşenkoning Mustaqillik saroyidagi qarorgohigaça borişdi, ammo kuçişlatar tizim xodimlari tomonidan töxtatildi. Bu yerdagi namoyişçilar orasida Muxolifatning muvofiqlaştiruvçi kengaşi a'zolari — Mariya Kolesnikova, Maksim Znak va Liliya Vlasovani ham köriş mumkin edi. Kolesnikova xavfsizlik kuçlaridan rahbarlarni çaqirişni yoki uni muzokaralar uçun ötkazib yuborişni söradi. Uni ötkazişmadi. Bir neça soat ötib Minskda yomğir quya boşladi — namoyişçilarning katta qismi uyiga ketdi.

Namoyişçilar qarşisiga Lukaşenkoning yordamçisi Nikolay Latişenok çiqib keldi. U namoyişlar noqonuniyligi, saylovlar haqqoniy ötgani, muxolifat va hukumat örtasida muzokaralar ötkazilmasligi, hukumat konstitutsion islohotlar ötkazişga tayyorlanayotgani, muvofiqlaştiruvçi kengaş «Yevropaga yuborilişi kerakligi» haqida gapirgan.

Lukaşenko bu vaqtda qayerda bölgani aniq emas. Uning matbuot kotibi jurnalistlarga faqat bir surat jönatdi, unda prezident avtomat kötargan holda Mustaqillik saroyi oldidan ötayotgani körsatilgan. «Pul pervogo» telegram kanali bu surat soat 16:00da,  namoyişçilar Mustaqillik saroyini örab olgan xavfsizlik kuçlari zanjiri oldiga kelişgan vaqtda olingani haqida yozdi. Ammo «Radio Svoboda»ning hisoblaşiça, bu vaqtda namoyişçilar qarorgoh oldida bölişmagan, ular kelişganida esa bunday kiyimdagi şaxsni körişmagan.

Lukaşenko va Putin Moskvada uçraşişi rejalaştirilgan. Bu haqda Lukaşenkoning matbuot xizmati xabar berdi. Kremlning aniqlik kiritişiça, uçraşuv «yaqin haftalar içida» ötkaziladi.