Prezidentning “Özbekiston Respublikasi quriliş sohasini modernizatsiyalaş, jadal va innovatsion rivojlantirişning 2020-2025 yillarga möljallangan Strategiyasi töğrisida”gi farmoyişi loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi quriliş sohasini modernizatsiyalaş, jadal va innovatsion rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

qöşimça kiçik tizimlar va ma'lumotlar bazalarini yaratiş yöli bilan quriliş sohasini raqamlaştiriş;

şaharsozlik sohasidagi normativ bazani modernizatsiyalaş va xorijiy normativ hujjatlarni moslaştiriş;

aholi punktlarini kompleks rivojlantiriş tizimini takomillaştiriş;

quriliş sohasida ayrim ruxsat beriş tartibotlarini soddalaştiriş yöli bilan “Biznes yuritiş” xalqaro indeksida “Quriliş uçun ruxsatnomalar oliş” körsatkiçi böyiça Özbekiston Respublikasi pozitsiyasini yaxşilaş;

uy-joy köçmas mulki qurilişida uluş kiritiş asosida uy-joylarni quriş uçun aholi mablağlarini keng jalb qiliş orqali ipoteka krediti bozorini va köp kvartirali uylar qurilişini rivojlantiriş;

quriliş materiallarini işlab çiqişga va obektlar qurilişiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qiliş;

investitsiya loyihalari iştirokçilari örtasidagi özaro hisob-kitoblarda yiriklaştirilgan körsatkiçlarga bosqiçma-bosqiç ötiş;

institutsional asosning liberallaştirilişini hisobga olgan holda litsenziyalaş prinsiplarini takomillaştiriş, loyiha va pudrat işlari potensialini kuçaytiriş;

loyihaning smeta qismida davlat ekspertizasini bekor qiliş yöli bilan ekspertiza işlari tizimini takomillaştiriş;

davlat, mualliflik va texnik nazoratni nodavlat sektorga yönaltiriş orqali quriliş sifatini nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş;

aksiyalar paketini ilğor xorijiy investorlarga realizatsiya qiliş orqali ilğor xorijiy kompaniyalari iştirokida zamonaviy loyiha institutlarini taşkil qiliş;

öqitişning zamonaviy va innovatsion usullari qöllanişini hisobga olgan holda quriliş yönalişidagi kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil qiliş tizimini takomillaştiriş;

loyihalarni moliyalaştirişning davlat manbalari va ularga tenglaştirilgan manbalar hisobidan amalga oşirişda, davlat segmentlarining liberallaştirilganini hisobga olgan holda, nodavlat buyurtmaçilar institutini şakllantiriş va mustahkamlaş;

ötkazilayotgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar va işlanmalar samaradorligini oşiriş orqali quriliş va arxitektura sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantiriş;

quriliş obektlarida quriliş-montaj işlarini bajarişda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga bölgan talablarni kuçaytiriş;

inson kapitalini rivojlantiriş, quriliş organlari va muassasalari faoliyatini moddiy-texnik ta'minotini yaxşilaş, işçilarni ijtimoiy va moddiy rağbatlantirişning yangi mexanizmlarini yaratiş.

Özbekiston Respublikasi quriliş sohasini modernizatsiyalaş, jadal va innovatsion rivojlantirişning 2020-2025 yillarga möljallangan strategiyasini amalga oşiriş böyiça quyidagilarni közda tutuvçi maqsadli körsatkiçlar belgilanadi:

“Şaffof quriliş” milliy axborot tizimining elektron platformalarining işlaşi 2025 yilga kelib butun respublika böyiça 100 foizgaça qamrab olinişiga erişiş;

Özbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boşqa xususiyatlarini hisobga olgan holda şaharsozlik sohasida Yevrokodlar moslaşuvi uluşini 2025 yilga kelib 50 foizgaça oşiriş;

Davlat şaharsozlik kadastri geografik axborot tizimi obektlari böyiça ma'lumotlarni, geoportal funksiyalari kengayişini hisobga olgan holda, oçiq foydalaniş uçun e'lon qilinişi uluşini 2025 yilga kelib 70 foizgaça yetkaziş;

“Biznes yuritiş” (Doing Business Index) xalqaro indeksining “Quriliş uçun ruxsatnomalar oliş” (Dealing with Construction Permits) yönalişi böyiça Özbekiston Respublikasi pozitsiyasining 2025 yilga kelib joriy 61,7 balldan 78,2 ballgaça yaxşilaş;

ilğor xorijiy loyiha taşkilotlarini jalb qilgan holda 2025 yilgaça 15 ta zamonaviy loyiha-qidiruv institutlarini taşkil qiliş;

2025 yilga kelib buyurtmaçi funksiyalarini bajaruvçi nodavlat taşkilotlar uluşini Investitsiya dasturiga kiritilgan obektlar umumiy sonining kamida 25 foiziga yetkaziş;

2025 yilga kelib “hajmli metod”ni joriy etiş uluşini respublikadagi quriliş obektlari umumiy sonining 25 foizigaça yetkaziş.