Nabarroning ta'kidlaşiça, pandemiyaga qarşi kuraşda Şvetsiyadagi kabi yengil çeklovlar kiritilişi uzoq muddatli istiqbolda boşqa davlatlar uçun örnak bölişi lozim. Boşqa davlatlar ham epidemiya vaqtida yengil çeklovlarni qöllaşi kerak. Mutaxassis hokimiyat va aholi örtasidagi özaro işonçni koronavirus ustidan ğalaba qozonişning omili deb atagan.
U bunga misol sifatida Şvetsiyani keltirgan. “Şvetsiyada hukumat jamiyatga, jamiyat esa hukumatga işonç bildirdi”, deb tuşuntirgan JSST vakili.
U Şvetsiyaning virusga karşi kuraşdagi yondaşuvi töğri ekanini va aholi tomonidan töğri qabul qilinganini aytgan. Stokholm fuqarolarning teranligiga umid qilib, qat'iy karantin çoralari kiritmadi.
JSST vakilining ta'kidlaşiça, qat'iy karantin odamlar va kiçik biznes daromadiga jiddiy zarba beruvçi “qöpol vosita” hisoblanadi. Uning örniga, Şvetsiyadagi kabi yengil çeklovlar joriy qilinişi lozim.
Iyunda yangi zelandiyalik professor Maykl Beyker Şvetsiya töliq karantindan voz keçib xatoga yöl qöyganini aytgan. Şvetsiya hukumatining bundagi harakatlari ikki gipotezaga asoslangan bölgan – fuqarolarning eng zaif guruhlarini himoyalaş imkoni va aholi tomonidan ommaviy immunitetning tezda egallanişi. Biroq Beykerning ta'kidlaşiça, bu ikkala faraz ham notöğri bölib çiqqan.
Avvalroq karantindan voz keçgan Şvetsiyada 2020 yilning dastlabki 6 oyida 51405 kişi vafot etgani, bu 150 yillik antirekord ekani ma'lum qilingandi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli qat'iy karantin çeklovlarini joriy qilgan Yevropaning köplab davlatlaridan farqli ravişda, Şvetsiya boşqa yöldan borgan. Mamlakatda umumiy taqiqlar kiritilmagan, ijtimoiy masofani saqlaş va özini yakkalaş tavsiyaviy xususiyatga ega bölgan.
Ayni vaqtda skandinav davlatida koronavirusga çalinganlar soni 84 mingdan köproqni, undan vafot etganlar soni esa 5808 nafarni taşkil qilmoqda.













