Ta'kidlanişiça, dunyoning eng yirik ikkita avtomobil kompaniyasi Toyota Motor Corp. va Volkswagen AG eng katta yöqotiş qayd qilgan.
“Toyota 35,45 mlrd dollar yöqotgan, Volkswagen tuşumi esa 6 oy içida 2019 yilning şu davridagiga nisbatan 34,14 mlrd dollar kamroq bölgan. Fransiyaning Renault SA kompaniyasi tuşumi 11,35 mlrd dollarga kamaygan, sof zarari esa rekord qiymatdagi 8,63 mlrd dollarni taşkil qilgan”, deyilgan xabarda.
AQŞ avtomobilsozlik kompaniyalari ham pandemiya ortida zarar körgan.
Ford Motor Co., General Motors Co. va Fiat Chrysler Automobiles NV kompaniyalari umumiy hisobda 69,3 mlrd dollar zarar körgan. Bunda eng köp yöqotiş Ford uluşiga töğri kelgan. Tesla tuşumi esa aksinça 1 mlrd dollarga köpaygan.
Ma'lum qilinişiça, avtomobilsozlik kompaniyalari birinçi yarim yillikdagi qiyin vaziyatga qaramay, ikkinçi yarim yillikka katta umid boğlaşmoqda.
“Köplab avtomobil kompaniyalari uçun Xitoy bozori jadallaşgani ijobiy signal hisoblanadi. Bu yerda iyulda yölovçi avtomobillari savdosi yillik hisobda 8,5 foizga ösgan”, deyilgan xabarda.












