Britaniyada maktab öquvçilari uçun yangi qoidalar kiritildi. Endilikda ular qiliq qilib ataylab yötalganlik va koronavirus haqida hazil qilganlik uçun uylariga jönatilişlari mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.

Naşrning ta'kidlaşiça, ba'zi öquvçilarga sinfdoşlariga qiliq qilib yötalganlik yoki koronavirus haqida hazillaşganlik uçun intizomiy çoralar körilgan.

“Gasting maktabida “qasddan” yötaliş yoki aksiriş, pandemiya haqida hazillar qiliş va boşqa kişi bilan ataylab aloqaga kirişiş taqiqlanadi. Londondagi ta'lim muassasalaridan birida esa “hazillaşib yötalganlik” uçun haydaliş mumkin”, deb aytilgan xabarda.  

Öquvçilarning ota-onalari farzandlari koronavirus tarqaliş xavfini kamaytirişga qaratilgan yangi qoidalarga rioya qilmasalar, haydalişlari mumkinligidan ogohlantirilgan.

Köplab maktablar tarbiyasi buzuq bolalarni alohida sinflarga joylaştiriş xavfsiz emas degan fikrda ularni uylariga jönatişni afzal körmoqda.