2020 yil 4 sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengaşining majlisi bölib ötdi. Uni parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Senat axborot xizmati xabariga köra, majlisda Oliy Majlis Senatining yettinçi yalpi majlisini 2020 yil 11 sentabr kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida ötkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar körib çiqilişi rejalaştirilgan.
“Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi, “Xalqaro tijorat arbitraji töğrisida”gi, “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolaş töğrisida”gi, “Xalq deputatlari Kengaşlari faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi, “Qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlardan va örmon fondi yerlaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunlar şular jumlasidan.
Şu bilan birga, moliya vazirining davlat budjetining 2020 yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi töğrisidagi axboroti körib çiqilişi nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, ilmiy faoliyatni rivojlantiriş uçun körilayotgan çoralar holati haqida hamda Özbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun yaratilgan şart-şaroitlar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovlari yuboriş masalalari muhokama qilinişi rejalaştirilgan.












