Hujjat Prezidentning 17.06.2019 yildagi «Qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5742-son Farmon ijrosini ta'minlaş doirasida qabul qilingan.

Norma’ning yozişiça, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçilar xarajatlarni qoplaşga mablağlar oliş uçun baholovçi taşkilotga murojaat qiladilar va u bilan şartnoma tuzadilar. Qoplanişi lozim bölgan xarajatlarga köp yillik köçatlar, suğoriş tarmoqlari va qurilmalari, agrotexnik tadbirlar, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbirlarini ötkazişga doir va boşqa xarajatlar kiritiladi.

Baholovçi taşkilotning baholaş natijalari töğrisidagi hisoboti nusxasi tuman (şahar) hokimiyatiga yuboriladi, u yerda hujjatlar ikki kun içida örganib çiqiladi. Baholaş natijalari böyiça e'tirozlar mavjud bölgan taqdirda, hokimiyat tomonidan uç kun muddatda hujjatlarning işonçligi yuzasidan ekspertiza ötkaziladi.

Nizomda xarajatlarni pul mablağlarini ötkaziş yöli bilan yoki naqd pul körinişida qoplab berişning quyidagi turlari nazarda tutilgan:

  • tijorat banklarining kreditlari;
  • boşqa obektni mulk qilib beriş;
  • kompensatsiyaning boşqa turlari.

Fermer xöjaligi yoki öziga ajratilgan yer uçastkasida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi boşqa sub'yektning tugatiş yoki maqbullaştiriş çoğidagi xarajatlari yer uçastkasining uzoq muddatli ijarasi böyiça ötkazilgan tender ğolibi tomonidan savdo natijalari e'lon qilingan kundan boşlab uç kun içida qoplab beriladi.

Hujjat 25.08.2020 yildan kuçga kirdi.