Barça mamlakatlar, jumladan Rossiya Belarus suverenitetiga hurmat bilan munosabatda bölişi lozim, dedi mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya.
"Men barça mamlakatlar, jumladan Rossiya, qöşni mamlakatlar rahbarlarini xalqimiz suverenitetini hurmat qilişga, mustaqilligimiz sotilmasligi va muhokama qilinmasligini anglaşga çaqiraman", - dedi u YouTube orqali savollarga javob qaytararkan.
Rossiya Belarusning amaldagi hukumatini qöllab-quvvatlayotganligi borasidagi savolga Tixanovskaya bunga salbiy qaraşini aytdi.
"Bizning xalqlarimiz döstlar, biz Rossiya bilan heç qanday munosabatlarimizni töxtatmoqçi emasmiz, ammo bizning içki işlarimizga aralaşişga yöl qöyib bölmaydi", - dedi Tixanovskaya.
U barça mamlakatlar vakillari bilan muloqotga oçiq ekanligini bildirdi.
"Men bilan köplab mamlakatlar, jumladan, AQŞ, Kanada va Yevropa rahbarlari boğlandi va heç kim bilan muloqotni rad etmadim. Barça qönğiroq qilib belarus xalqini qöllab-quvvatlaşini aytdi, biz har qanday mamlakat vakillari bilan muloqotga oçiqmiz. Agar Rossiyadan qönğiroq qilişsa, albatta muloqot qilamiz", - dedi Tixanovskaya.












