Ta'kidlanişiça, mamlakatda noyabrdan boşlab davlat xizmatçilariga maoş tölaşda muammolar yuzaga kelişi mumkin. Zaxira jamğarmasi 6,54 mlrd dollarga tölgan, joriy xarajatlar esa 5,56 mlrd dollarni talab qiladi. Kuvayt moliya vazirligida ta'kidlanişiça, Kuvaytning davlat sektorida 80 foiz kişi band.
Mamlakat budjeti taqçilligi moliya yili yakunlangan 1 aprelda 69 foizni, ya'ni 18,44 mlrd dollarni taşkil qilgan. Milliy bank uşbu körsatkiç yalpi içki mahsulotning 10 foizini taşkil qilişini ma'lum qilgan. Bungaça esa 4,8 foiz miqdorida budjet profitsiti qayd qilib kelingan.
Bloomberğning xabar berişiça, prognozlarga köra Kuvayt budjeti taqçilligi 46 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkin.
Jurnalistlarning ta'kidlaşiça, hukumat va parlament uşbu vaziyatdan çiqişning turliça yölini taklif qilmoqda. Moliya vazirligi joriy vaziyatda kelgusi avlodlar uçun möljallangan zaxira jamğarmasini qöllamaslik kerak deb hisoblamoqda. Hozirda uşbu jamğarmada 550 mlrd dollar bor.
Vazirlik yevroobligatsiyalar joylaştiriş va taşqi hamda içki bozorda 65 mlrd dollargaça qarz olişga imkon beruvçi qonun qabul qilinişini qöllab-quvvatlamoqda. Biroq parlament bu taklifni rad etgan.
“Dunyoda yirikligi böyiça 4-raqamli milliy farovonlik jamğarmasiga ega böla turib, hukumat qarzga botişga intilayotgani şarmandalikdir. Bu hukumatning muvaffaqiyatsizliklaridan darak beradi”, deb aytişgan parlament vakillari.
Kuvayt milliy bankida ham qonun qabul qilinişi zarurligi, çunki mamlakat zaxiralari ozayib borayotgani, taqçillik esa oşayotgani ta'kidlab ötilgan.
Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, Fors körfazi davlatlari neft arzonlaşganini ilğamay, katta xarajatlar qiliş odatini şunga mos ravişda özgartirmagan va endilikda iqtisodiy “qasos” vaqti keldi.
“Bir kun biz uyqudan turib, barça yiğganlarimizni sarflab bölganimizni anglaymiz - bank köçirmasini tekşirmaganimiz uçun emas, balki uni tekşirib, unga işonmaganimiz uçun. Biz bank ma'lumotlarini şunçaki xatolik deb qabul qilib, dökonga borib özimizga Rolex’ning eng oxirgi modelini sotib olganmiz”, deb izoh bergan uşbu vaziyatga siyosiy va moliyaviy kommunikatsiyalar bilan şuğullanuvçi Bensirri firmasi rahbari Favaz Al-Sir.












