2020 yilning 7 sentabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarboyjon taşqi işlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turli darajalarda bölajak ikki va köp tomonlama, jumladan Özbekistonning MDHda raisligi doirasida közda tutilgan tadbirlar jadvali va boşqa taşkiliy masalalari körib çiqildi.

TIV xabariga köra, taşqi siyosat idoralari rahbarlari koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan yangi holatlarga qaramay, Özbekiston-Ozarbayjon ikki tomonlama aloqalari faol rivojlanib borayotgani, tovar aylanmasi joriy yilning yanvaridan iyuligaça 163 foizga ösganini alohida ta'kidladilar.

Tomonlar Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi hamkorlik böyiça qöşma hukumatlararo komissiya faoliyatini tiklaş böyiça kelişuvga erişdilar.