Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev mamlakatda inflatsiya holati xususida ma'lumot berdi. Unga köra, 2020 yilning ötgan sakkiz oyida inflatsiya körsatkiçi ötgan yilgi bilan soliştirganda 11,6 foizni taşkil qilgan.

«Avvalroq yil yakunigaça inflatsiya körsatkiçi 11-12,5 foiz darajasida bölişi prognoz qilingan edi. Hozirda yil oxirigaça 11 foiz atrofida inflatsiya bölişini kutyapmiz. 2019 yilda bu körsatkiç 15,2 foiz bölgan. Körsatkiç ötgan yilgiga nisbatan 4 bandga pasayişi kutilmoqda.

Keyingi yilda inflatsiya körsatkiçida 10 foiz, 2023 yilda 5 foizlik targetga erişiş rejalaştirilgan», dedi Hamroyev AOKAdagi matbuot anjumanida.

Behzod Hamroyev makroiqtisodiy barqarorlik, inflatsiya darajasini uşlab turiş hozirda nega muhimligini tuşuntirdi.

«Odamlar topayotgan daromadninig qadri bölişi kerak. Bir yilda işlab topgan mablağingizning miqdori qançaligi emas, şu pulga nimalar sotib oliş mumkniligi, nimalarga qurbi yetişi muhimroq.

Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy ma'nosi odamlar işlab topgan daromadning qadrini uşlab qolişdir», deya Markaziy bank vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, pandemiya davrida aholiga yordam tariqasida qança kredit mablaği keçiktirilgani aytib ötildi.

«Karantin davrida xöjalik yurituvçi sub'yektlar, odamlar daromadini yöqotdi. Ammo kredit olganlar bor, buni tölaş kerak. Şu nuqtayi nazardan, 26,5 trl söm qiymatidagi kreditlarni tölaş muddati 2020 yil 1 oktyabrgaça keçiktirildi.

Bunda yuridik şaxslarning 21,3 trln söm miqdoridagi kreditlari keçiktirilgan bölib, bu ular olgan jami qarzlarning 65 foizini taşkil qiladi.

Kredit olgan jismoniy şasxlarning 88 foizi keçiktiriş imtiyozidan foydalangani natijasida 5,3 trln söm miqdoridagi qarzning tölaş muddati uzaytirildi», dedi Behzod Hamroyev.